«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Fabris Xokins xabariga ko‘ra, parijliklar 29 yoshli futbolchiga 2029 yoki 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilish niyatida.
Fransiyalik futbolchi bilan muzokaralar bir necha oydan beri davom etayotgan bo‘lsa-da, hozircha tomonlar yakuniy kelishuvga erisha olmagan. Shunga qaramay, «PSJ»da bu borada jiddiy xavotir yo‘q. Klub va futbolchi hamkorlikni davom ettirish istagida ekani ta’kidlanmoqda.
Muzokaralarning navbatdagi bosqichi yozgi transfer oynasi yopilganidan keyin bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Usmon Dembelening «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.













