Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 00:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl

«Barselona» Alvares transferida qat’iy qaror qabul qildi

«Barselona» Alvares transferida qat’iy qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

«Barselona» Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares uchun bergan taklifini oshirish niyatida emas.

«Matraschilar» argentinalik futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilgan kataloniyaliklar bilan muzokara olib borishdan bosh tortmoqda. Jurnalist Santi Ovalye ma’lumotiga ko‘ra, agar «Atletiko» transfer oynasi yopilguniga qadar birinchi taklifga javob bermasa, «Barselona» 26 yoshli forvard uchun yaxshilangan taklif yubormaydi.

Avvalroq Madrid klubi vakillari Xulian Alvaresni prinsipial ravishda «Barselona»ga sotmasliklarini yana bir bor ta’kidlagan edi.

Shu bilan birga, mish-mishlarga ko‘ra, «Atletiko» futbolchini «Arsenal»ga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq Alvaresning o‘zi London klubiga o‘tishga unchalik qiziqish bildirmayapti.

Kiritildi: 08:44, 27.08.2026.
O'qildi: 3625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик