Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini davom ettirmoqda.
Jurnalist Ariel Senosiain xabariga ko‘ra, «to‘pchilar» argentinalik forvard uchun 125 million yevro va qo‘shimcha 10 million yevro bonus taklif qilgan. «Atletiko» bu taklifga rozilik bildirgan.
Biroq futbolchining o‘zi hozircha Angliyaga qaytishni istamayapti va «Barselona»ga o‘tishga umid qilmoqda. «Arsenal» esa Alvares fikrini o‘zgartirishi mumkinligini inobatga olib, kutishga tayyor.
Xulian Alvares avval Angliya Premyer-ligasida «Manchester Siti» sharafini himoya qilgan. Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchining transfer qiymatini 100 million yevroga baholamoqda. Uning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.













