Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Toshkentda OFK Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi

Toshkentda OFK Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi

Baho:
+ | -

Oldinroq xabar berganimizdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Osiyo futbol konfederasiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa Jahon chempionati-2018 vaqtidagi uchrashuvlari chog‘ida OFK Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazish uchun kelishib olishgan edi.

Bugun soat 15:00da poytaxtimizdagi “International” mehmonxonasida OFK Ijroqo‘mining yig‘ilishi boshlandi. Uni OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa ochib berdi. So‘ngra, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov so‘zga chiqib, Ijroqo‘m yig‘ilishi qatnashchilarini yurtimizda ko‘rib turganidan mamnun ekanini bildirdi.

Umid Ahmadjonov Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi tarixda ilk marta O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgani haqiqatan ham o‘zbek futboli uchun tarixiy voqelik ekanini ta’kidlab, buning uchun Osiyo futbol konfederasiyasi Prezidenti janob Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifaga alohida minnatdorchilik izhor qildi va yig‘ilishda qabul qilingan qarorlar Osiyo futboli rivojiga katta ta’sir ko‘rsatishiga ishonishini bildirdi.

Shundan so‘ng OFK Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 15:54, 26.09.2018.
O'qildi: 2033 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик