Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

«Dinamo» - «Andijon». Ustunlik kimda?

«Dinamo» - «Andijon». Ustunlik kimda?

Baho:
+ | -

Pro-Liga 27-turi doirasidagi markaziy o‘yinlaridan biri Samarqandda kechadi. Azaliy raqib sanalmish “Dinamo” va “Andijon” jamoalari o‘zaro maydonga tushishadi.

BIR XIL MAQSAD, IKKI XIL VAZIYAT...

Superligani maqsad qilgan ushbu ikki klub ayni damda ikki xil vaziyatda. Pro-Liga “A” guruhida “Dinamo” 33 ochko bilan 5-o‘rinda ketayotgan bo‘lsa, 10 ochko ko‘p jamg‘argan “Andijon” 43 ochko bilan 1-pog‘onadan joy olgan.

Samarqanddagi o‘yindagi g‘alaba “Dinamo” uchun Superliga yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatini oshirsa, “Andijon” 3 ochkoni qo‘lga kiritmagan taqdirda peshqadamlikni qo‘ldan boy berishi mumkin.

Nabvatdagi turda ham 5 oktyabr kuni ushbu jamoalar 4-davraning dastlabki uchrashuvida Andijonda o‘zaro bellashishadi.

AZIMOV VA OTAXONOV O‘YNAMAYDI

“Dinamo” – “Andijon” uchrashuvi oldidan har ikki jamoa tarkibida bittadan yo‘qotish mavjud. Samarqandliklar safida Jasur Azimov sariq kartochkalari soni 4 taga yetgani bois yordam bera olmasa, andijonliklar safida Ibrohim Otaxonov xuddi shu sabab jamoasiga yordam bera olmaydi.

KIM QANDAY HOLATDA?

«Dinamo» 3-davrani ancha yuqori sur’atda o‘tkazayotib, o‘tkazgan so‘nggi 7 ta uchrashuvida 16 ochko jamg‘argan bo‘lsa, “Andijon” so‘nggi 7 ta o‘yinda 11 ochko jamg‘ardi. Jamoalarning so‘nggi 5 ta turdagi natijalari:

«Dinamo»ning so‘nggi 6 ta o‘yini:

Dinamo – Mash’al – 2:0

Istiqlol – Dinamo – 0:1

Dinamo – Xorazm – 2:1

Surxon – Dinamo – 1:1

Dinamo – Sho‘rtan – 1:2

Orol – Dinamo – 0:2

«Andijon»ning so‘nggi 6 ta o‘yini:

Istiqlol – Andijon – 1:0

Andijon – Xorazm – 6:1

Surxon – Andijon – 0:3

Andijon – Sho‘rtan – 0:1

Orol – Andijon – 1:1

Andijon – Nori – 0:0

O‘ZARO O‘YINLAR: USTUNLIK «DINAMO»DA

Statistikaga nazar tashlar ekanmiz, “Dinamo” va “Andijon” chempionat doirasida 42 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. Ushbu o‘yinlardan 18 tasida “Dinamo” “Andijon”ni mag‘lub eta olgan. 15 o‘yinda esa andijonliklar g‘olib bo‘lishgan. 9 ta o‘yinda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan.

Jamoalarning dastlabki davradagi o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, Andijondagi o‘yinda 3:1 hisobida mezbonlar zafar quchishgan.

OCHKOLAR…

“Dinamo” shu kungacha o‘zaro o‘yinlarda “Andijon” darvozasiga 64 ta gol kiritgan. “Andijon”ning gollari esa 55 ta. “Burgutlar” o‘zaro o‘yinlarda 54 ochko ishlab olishgan bo‘lsa, “Dinamo” esa 63 ochkoni qo‘lga kirita olgan.

ENG YIRIK HISOB…

«Dinamo» 1993 yildan buyon Samarqandda «Andijon»ga mag‘lub bo‘lmagan. “Dinamo”ning “Andijon” ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi 6:1ni tashkil qiladi. O‘shanda samarqandliklar safida Hamdam Rahmonov zaxiradan maydonga tushib, 5 ta gol muallifiga aylangan. Bu chempionatdagi rekord natijadir. “Andijon”ning “Dinamo” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi esa – 4:1ga teng.

Samarqandda o‘tgan so‘nggi 6 uchrashuv:

14.05.2018 «Dinamo» - «Andijon» 1:1

26.06.2015 «Dinamo» - «Andijon» 2:1

27.08.2014 «Dinamo» - «Andijon» 2:0

19.10.2012 «Dinamo» - «Andijon» 3:0

21.05.2011 «Dinamo» - «Andijon» 3:1

27.05.2010 «Dinamo» - «Andijon» 2:0

BILASIZMI...

“Dinamo” Samarqandda o‘tgan o‘zaro 20 ta o‘yinning 13 tasida g‘alaba qozongan. 6 ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

“Andijon” o‘z tarixida bir marotiba - 1993 yilda Samrqanddan g‘alaba bilan qaytgan. Shundan keyin bo‘lib o‘tgan 19 o‘yinda “Dinamo” o‘z maydonida bu raqibga umuman mag‘lub bo‘lmagan.

O‘YINNI KIM BOSHQARADI?

Ushbu uchrashuvni boshqarib borish tajribali hakamlardan biri Vladislav Seytlinga ishonib topshirilgan.

Pro-Liga. “A” guruhi.

27-tur. 30 sentyabr (yakshanba)

“Dinamo” – “Andijon”

Bosh hakam: Vladislav Seytlin

O‘yin boshlanish vaqti: 17:00.

«Dinamo» klubi Matbuot xizmati.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:37, 30.09.2018.
O'qildi: 2277 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.