Kirish Ro'yxatdan o'tish

Qarshida murabbiylarning bilimlarini yangilash kurslariga start berildi

Qarshida murabbiylarning bilimlarini yangilash kurslariga start berildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizda futbol murabbiyligi sohasini rivojlantirish, ularning kasbiga bo‘lgan qiziqishini orttirish, malakasini muntazam oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.   Jumladan, O‘FA tomonidan Andijon hamda Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida murabbiylarning kasbiy malakasini oshirish, murabbiylik sohasidagi yangiliklar bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida bilimlarni yangilash o‘quv kurslari tashkil qilingani haqida xabar bergan edik.   Bunday kurslar yurtimiz viloyatlari bo‘ylab navbatma-navbat tashkil etilmoqda. Bilimlarini yangilash kurslarining keyingisi Qarshi shahrida start oldi. O‘quv kurslari FIFA instruktori Usmon Toshev tomonidan olib borilmoqda. Unga instruktor assistenti Eldor Moyliyev yordam bermoqda.       Yangi tizimga ko‘ra, bilimlarni yangilash o‘quv kurslari 2 moduldan iborat bo‘lib, 1-modul 5 kun davom etadi. 5 kun davomida murabbiylar futboldagi yangiliklardan xabardor qilinadi. So‘ngra murabbiylar bir oy davomida o‘rgangan bilimlarini ish joylarida amalda tadbiq qilishadi.   1 oylik muddat nihoyasiga yetgach, 2-modulga start beriladi va u 4 kun davom etadi. 4 kunlik muddat davomida murabbiylar amaliy hamda nazariy imtixonlar topshirib, ularga yuklatilgan vazifalarni prezentasiya tarzida himoya qilishadi.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 17:48, 04.10.2018.
O'qildi: 2098 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.