Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

XOQ G‘ofur Rahimovga 2018 yilgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga borishni taqiqladi

XOQ G‘ofur Rahimovga 2018 yilgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga borishni taqiqladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro havaskorlik boks uyushmasi (AIBA) vaqtinchalik rahbari G‘ofur Rahimovga 2018 yilgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga tashrif buyurishni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda Insidethegames.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bosh direktori Kristof De Kepperning ma’lum qilishicha, qo‘mita «AIBA bilan ish bo‘yicha munosabatlardan tashqari, barcha aloqalarni hamon muzlatib qo‘ygan», deb yozmoqda R-sport.

O‘zbekiston vakili Rahimov AIBA rahbari lavozimiga yagona nomzod sanaladi. AQSH Moliya vazirligining chet el aktivlarini nazorat qilish bo‘yicha departamenti Rahimovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi, XOQ unga ushbu lavozimga o‘z nomzodini ilgari surishi boksning olimpiya maqomini saqlab qolish masalasiga ta’sir qilishi mumkinligi haqida xabar berdi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ijro qo‘mitasi payshanba kuni tashkilotdagi saylovlar bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirda ekanini bildirdi va AIBA’ni 2020 yilgi o‘yinlardan boshlab Olimpiya oilasidagi joyidan mahrum bo‘lishi mumkinligi haqida xabardor etdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari 6-18 oktyabr kunlari Buenos-Ayresda (Argentina) bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AIBA Ijroqo‘mi tashkilotning sobiq rahbarlarini boksdan umrbod chetlatishga qaror qilgandi. 

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 10:34, 05.10.2018.
O'qildi: 4556 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик