Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Shaxmat Olimpiadasi ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi

Shaxmat Olimpiadasi ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi

Baho:
+ | -

Bundan bir necha kun oldin Gruziyaning Batumi shahrida 43-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi nihoyasiga yetgan va ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik aql-idrok sohiblari ham ishtirok etishgandi. 150 mamlakat vakillari qatnashgan shaxmat Olimpiadasi yakunlariga ko‘ra, erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz kuchli yigirmatalikka kirishga muvaffaq bo‘lgandilar.

Shu munosabat bilan bugun, 10 oktyabr kuni O‘zbekiston shaxmat federasiyasida mazkur Olimpiadada ishtirok etgan sportchilarimiz ishtirokida maxsus tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida O‘zbekiston shaxmat federasiyasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tdi. Anjumanda qatnashgan ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob oldilar. Shuningdek, shaxmat Olimpiadasi ishtirokchilari bilan suhbatlashdilar.

«43-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etdik. O‘z guruhimizda birinchi bo‘ldik. Bundan juda xursandmiz. Hali O‘zbekiston tarixida bunday natija bo‘lmagandi. Ushbu musobaqada beshinchi marotaba ishtirok etdim. Qizlar bilan birgalikda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildik deb o‘ylayman. Musobaqa davomida Rossiya, Indoneziya, Fransiya, Ruminiya kabi terma jamoalarga qarshi o‘yin o‘tkazdik. Bahslar davomida rossiyalik raqibim ustidan qozongan g‘alabam chiroyli bo‘ldi», – dedi shaxmat Olimpiadasida ishtirok etgan sportchimiz Nodira Nodirjonova.

So‘ngra 13 yoshida xalqaro grossmeysterga aylangan Nodirbek Abdusattorov ishtirokida shaxmat seansi tashkil etildi. Unda jahonda eng yosh grossmeyster bo‘lish bo‘yicha ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etgan Nodirbek shaxmat muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Gruziyaning Batumi shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiadada umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egalladik. O‘ylaymanki, bu yaxshi natija. Bundan keyingi Olimpiadalarda ham bundan yaxshiroq natija ko‘rsatib, sovrinli o‘rinlar uchun kurashamiz. Musobaqada har bir mamlakat o‘zining eng kuchli shaxmatchilari bilan ishtirok etdi. Ukrainalik shaxmatchilarga qarshi uchrashuvlar qiyin bo‘ldi. Chunki, ular jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadilar», – dedi Nodirbek Abdusattorov.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:40, 10.10.2018.
O'qildi: 2306 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.