Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Lokomotiv» futbolchilari 110-maktab va Toshkent turizm kasb-hunar kollejiga bordi

«Lokomotiv» futbolchilari 110-maktab va Toshkent turizm kasb-hunar kollejiga bordi

Baho:
+ | -

Kecha, 12 oktyabr kuni “Lokomotiv” klubining 4 nafar futbolchisi Toshkent shahridagi maktab va kollejda tadbirlar mehmoni bo‘ldilar.

Tadbirlarning birinchisi Mirobod tumanidagi 110-maktabda tashkil qilindi va unda Idris Bikmaykin va Nikolay Pogrebnyaklar qatnashishdi. Unda futbolchilar o‘quvchilarga o‘zlarining futbolga kirib kelish yo‘li, sog‘lom turmush tarzi va futboldagi faoliyati haqida gapirib berishdi.

Keyinchalik futbolchilar o‘quvchilar taqdim etgan to‘plarga o‘z dastxatlarini qo‘yib berishdi va esdalik uchun suratga tushishdi.

Shundan keyin ular Toshkent turizm kasb-hunar kollejida ham shunday tadbirda qatnashishdi. Bu safar Igor Yelich va Kaxi Maxaradzehamrohlik qilishdi. U yerda legionerlar talabalarning ko‘plab savollariga javob qaytardilar.

Igor o‘zining faoliyati, "Paxtakor"ga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlik haqida gapirdi va 7 oktyabrda Konor MakGregorga muxlislik qilganini ma’lum qildi:

- Faoliyatimni Serbiyada boshlaganman. U yerda bir necha jamoalarda faoliyat olib bordim va professional futbolga qadam qo‘ydim. Gruziya va Bosniyada ham faoliyat olib bordim. Bosniya orqali O‘zbekistonga keldim. Bu yerdagi milliy chempionat menga juda ham yoqdi. Hozirda "Lokomotiv" bilan milliy chempionatning peshqadami bo‘lib turibmiz va chempionlik uchun kurash olib boryapmiz.

Kaxi Maxaradze esa o‘zbek futboli va oshxonasi borasida o‘z fikrlarini bildirdi:

- O‘zbek futbolida ancha vaqtdan beri faoliyat olib boryapman. Shu boisdan ham O‘zbekistonni yaxshi bilaman. Oshxonasi? Ha, menga osh juda ham yoqadi. Shuningdek, suzmani ham yaxshi ko‘raman. Boshqa hech qayerda suzma yeganim yo‘q.

Nikolay Pogrebnyak rus va o‘zbek futboli farqlari haqida gapirdi:

- O‘zbekiston chempionati Rossiyanikiga qaraganda biroz tezroq va texnikaga asoslangan. Bu yerda yuqori texnikaga ega futbolchilar ko‘proq ekan. Rossiyada asosan taktikaga, himoyadagi tartibli o‘yinga e’tibor berishadi.

Idris Bikmaykin "Lokomotiv"ning navbatdagi o‘yinlari va milliy termamizning mundialda o‘ynashi borasidagi savolga javob berdi:

- "Lokomotiv" so‘nggi yillarda katta yutuqlarga erishdi. Ikki marta mamlakat chempioni bo‘ldi, uch marta O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi. Uzluksiz ravishda Osiyo chempionlar ligasida o‘ynamoqda.

Hozir esa chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Jamoa yaxshi, tajribali futbolchilardan iborat. Ular har doim jamoa uchun jonini berishga harakat qiladi. Jahon chempionati? Umid qilamanki, termamiz yaqin mundiallarda qatnashadi.

“Lokomotiv”ningmarketing va media bo‘limi hodimi Ma’murjon Mamadaliyev o‘qish orqali barcha marralarga yetishish aniqligini talabalarga tushuntirdi:

- O‘qish, biror sport turi bilan shug‘ullanish orqali barcha orzularingizga yeta olasiz. Sizlarni barcha taniydi, olqishlaydi, televizorda ko‘rsatadi, matbuotda ismingiz aylanadi. Kollejga, maktabga borib, shunchaki qaytib ketishdan hech qanday ma’no yo‘q.

O‘qib, o‘zingiz yoqtirgan kasbingizning sir-asrorlarini o‘rganib, kelajakda yurtimiz uchun kerakli odam bo‘la olasiz. Buning uchun faqatgina o‘qish va bilim olish kerak.

Shu orqali tadbirlar yakuniga yetdi. Kollej xovlisida talabalar va qizlar futbolchilarimiz bilan esdalik uchun suratga tushib olishdi.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 07:54, 13.10.2018.
O'qildi: 2888 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.