Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

«Navbahor»da yana bir rossiyalik murabbiy ish boshlaydi

«Navbahor»da yana bir rossiyalik murabbiy ish boshlaydi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, “Navbahor” klubida rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis bosh murabbiy sifatida ish boshlagandi.

15 oktyabr kuni yana bir rossiyalik mutaxassis Aleksey Ilich Belenkov Namanganga keladi. Belenkov parvoz qilgan samolyot shu kuni ertalabki soat 6:30da Namangan aeroportiga qo‘nadi. Mazkur mutaxassisni “Navbahor” PFK vakillari va muxlislarning kutib olishlari rejalashtirilmoqda.

Aleksey Belenkov 1957 yilning 26 martida Rossiyaning Moskva viloyatida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida “Torpedo” (Moskva, 1974-1977), SSKA (Moskva, 1978-1980), “Lokomotiv” (Moskva, 1981-1982) klublarida to‘p surgan. Shuningdek, sobiq ittifoq U-19, sobiq ittifoq U-21terma jamoalarida ham o‘ynagan.

Murabbiylik faoliyatida davomida esa Rossiyaning “Pele” (1992), “Torpedo - MKB” (1993), “Titan” (1994-1995, 1997-1998), “Shinnik” (1996), “Saturn-2” (2000), “Saturn- Ren-TV” (2001-2002), “Sokol” (2003), “Ximki” (2004, 2012-2013), “Saturn” (2005-2006), SSKA (o‘rinbosarlar, 2008), “Alaniya” (2009), “Torpedo - ZIL” (2010), “Ufa” (2011), “Dinamo” (Bryansk, 2012), “Torpedo” (Moskva, 2014-2015), “Solyaris” (2016) va Qozog‘istonning “Shaxtyor” (Qarag‘anda, 2004) klublarida ishlagan. 2016 yildan buyon ayni paytgacha Rossiyaning “Tom” (Tomsk) jamoasida faoliyat olib borayotgandi.

Kelasi haftadan esa Aleksey Belenkov “Navbahor”da yordamchi murabbiy sifatida ish boshlaydi.

Ayni paytda “Navbahor”ning murabbiylar shtabidan Andrey Kanchelskis, Shavkat Abduxo‘jayev, Durbek Umaraliyev,  Mustafo Bayramov va A’zam Rajabbayev o‘rin olishgan.

Manba: www.fcnavbahor.uz
Kiritildi: 12:48, 13.10.2018.
O'qildi: 4153 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик