Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Buenos-Ayres 2018. Gulbahor Fayziyeva terma jamoamizga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi!

Buenos-Ayres 2018. Gulbahor Fayziyeva terma jamoamizga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi!

Baho:
+ | -

Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari davom ettirilmoqda. Biroz avval hamyurtlarimiz tomonidan yana bir oltin medal qo‘lga kiritildi.

Baydarka va kanoe bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi yakkama-yakka bahslarda ishtirok etgan Gulbahor Fayziyeva terma jamoamiz uchun muhim bo‘lgan oltin medallarga ega chiqdi. Hamyurtimiz musobaqa davomida Yangi Zelandiya, Belorus, Qozog‘iston vakilalaridan ustun kelib, finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi chiqishda esa vengriyalik sportchini mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medal sohibasiga aylandi.

Bu O‘zbekiston sport delegasiyasining Argentinadagi to‘qqizinchi medalidir. Hamyurtlarimiz hisobida 3 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallari mavjud. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallari mikst bahslarida qo‘lga kiritilgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 06:33, 14.10.2018.
O'qildi: 3254 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик