Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

Kim oladi-ya, «shugina»ni-ya...«Oltin to‘p»ga da’vogar 30 nafar nomzod imkoniyati

Kim oladi-ya, «shugina»ni-ya...«Oltin to‘p»ga da’vogar 30 nafar nomzod imkoniyati

Baho:
+ | -

France Football yaqinda «Oltin to‘p»ga da’vogar 30 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi. Tushunarliki, undagi deyarli 80 foiz familiya varaqani shunchaki, to‘ldirish uchun yozilgandek.

Boshqacha ifoda etganda, sanoqli futbolchilar 2018 yilgi «Oltin to‘p»ga qo‘l uzatish uchun real imkoniyatga egalar.

To‘g‘ri, bu safargi tanlovda «intriga» darajasi yuqoriroq bo‘lishi kutilmoqda. Ha, yaqqol favoritlar bor (Lionel Messi ham, Krishtianu Ronaldu ham emas), biroq «Oltin to‘p» jahon chempionatida zafar quchgan fransiyalik futbolchilardan biriga berilishi kerak» qabilidagi xulosalar France Football jurnalining yakuniy qaroriga ma’lum darajada ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Qiziq, qaysi nomzodlarda bosh individual sovrinni yutish imkoniyati nolga teng va aksincha, kimlar katta umid bog‘lashga haqlilar.

Birinchi guruh: 100dan 0 foiz 

Ugo Lyoris (Fransiya, «Tottenxem»)

Serxio Aguero (Argentina», Manchester Siti»)

Yan Oblak (Sloveniya, «Atletiko»)

Karim Benzema (Fransiya, «Real»)

Edinson Kavani (Urugvay, «PSJ»)

Alisson (Braziliya, «Roma»|«Liverpul»)

Diyego Godin (Urugvay, «Atletiko»)

Serxio Ramos (Ispaniya, «Real»)

Isko (Ispaniya, «Real»)

Roberto Firmino (Braziliya, «Liverpul»)

Sadio Mane (Senegal, «Liverpul»)

Luis Suares (Urugvay, «Barselona»)

Neymar (Braziliya, «PSJ»)

Kevin de Bryuyne (Belgiya, «Manchester Siti»)

Tibo Kurtua (Belgiya, «Chelsi»|«Real»)

Ivan Rakitich (Xorvatiya, «Barselona»)

Mario Manjukich (Xorvatiya, «Yuventus»)

Garri Keyn (Angliya, «Tottenxem»)

Pol Pogba (Fransiya, «MYU»)

Lionel Messi (Argentina, «Barselona»)

Sanab chiqing, 20 nafar futbolchi. Ha, ekspertlar 30 nafar nomzoddan 20 nafari imkoniyatini «0» raqami asosida baholashmoqda. Bu nimani anglatadi? France Football jurnali ro‘yxatiga tushish sovrin yutishga real da’vogar bo‘lishni anglatmasligini-da, albatta. Qarang, «0» baho olganlar orasida allaqachon «Oltin to‘p»ga «qorishib» ketgan Lionel Messi ham bor. Bu guruhda Fransiya terma jamoasining 3 nafar vakili joy olgani esa, JCHning har bir g‘olibi «Oltin to‘p»ga qo‘l uzatolmasligidan dalolat bermoqda. 

Marselo (Braziliya, «Real»)

Garet Beyl (Uels, «Real»)

N~Golo Kante (Fransiya, «Chelsi»)

Eden Azar (Belgiya, «Chelsi»)

100dan atigi 1 foiz - 4 nafar da’vogarning imkoniyati shunday baholanmoqda. Ha, bu baho bir qarashda, Marselo, Garet Beyl, N~Gole Kante va Eden Azarning mavsum davomidagi xizmatlariga mutlaqo muvofiq emasdek. Lekin boshqa tarafdan qarasak, shu yigitlardan birining «Oltin to‘p» yutishiga kim ishonadi? Qisqasi, hammasi haqiqatga yaqin, faqat JCH-2018ning eng yaxshi driblingchisi - Azarga pastroq baho berilgandek.  

Rafael Varan (Fransiya, «Real»)

Gap 2018 yili ham Yevropa CHL, ham jahon chempionatida g‘olib chiqqan yagona futbolchi haqida ketmoqda. Lekin shunday ajib natija ham «Oltin to‘p»ni qo‘lga olish uchun kafolat emas, baribir. 

Muhammad Saloh (Misr, «Liverpul»)

Ha, Saloh «Liverpul»da beqiyos o‘ynadi, APL va CHLda yetarlicha gol urdi, ammo bosh sovrinsiz qoldi, qolaversa, milliy jamoasi jahon chempionatida biror ochko ololmadi. Ochig‘i, agarda imkoniyati «0»ga baholangan ayrim da’vogarlarni nazarda tutsak, tahlilchilar misrlikka chakki qarashmagani oydinlashadi. 

Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, «Real»|«Yuventus»)

Ilk 4ta guruhda jami 16 nafar futbolchi bor va ularning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari juda-juda past. Demakki, bosh shaxsiy mukofot uchun 4 nafar real nomzod qolmoqda. Krishtianu Ronaldu «Real»dagi xizmatlari samarasi o‘laroq, yaxshi bahoga munosib bo‘lsada, uning Fransiya nashri tomonidan baralla e’tirof etilishi nihoyatda mushkul... 

Antuan Grizmann (Fransiya, «Atletiko») 

Kilian Mbappe (Fransiya, «PSJ»)

YEL g‘olibi, turnirning eng yaxshi futbolchisi, jahon chempioni, Rossiya turnirida Fransiya terma jamoasining ko‘plab gollariga hissa qo‘shgan hujumchi - Antuan Grizmann bu safar «Oltin to‘p»ga har qachongidan yaqin, ammo u yagona da’vogar emas. Zero, hamyurti Kilian Mbappe ham JCH-2018da yorqin o‘ynadi, uning tezligi Fransiya termasiga juda qo‘l keldi. Yosh hujumchini bejiz buyuk Pele va «fenomen» Ronaldoga qiyoslamayaptilar. 

Luka Modrich (Xorvatiya, «Real»)

France Footballning fransiyaliklarga moyilligi aniq, lekin ekspertlar xulosalari bo‘yicha aytsak, Modrich bosh favorit, baribir. Chunonchi, Fransiya terma jamoasining yutug‘i bir necha asosiy futbolchilarga teng bo‘linsa, xorvatlarning jahon chempionati finaliga chiqishgani asosan Luka Modrich xizmatlari mahsulidir. Qolaversa, u yevromavsum va JCH-2018ning eng yaxshi o‘yinchisi, FIFA talqini bo‘yicha jahonning eng kuchli futbolchisi, yana CHL g‘olibi...

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:18, 18.10.2018.
O'qildi: 11498 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.