Kirish Ro'yxatdan o'tish

Olimpiada-2018. Abdumalik Xalakov oltin medalga ega chiqdi

Olimpiada-2018. Abdumalik Xalakov oltin medalga ega chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Argentinada o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kuni davom etmoqda. Avvalroq, -56 kg vazn toifasidagi bokschimiz Abdumalik Xalakov final jangini o‘tkazishi haqida xabar berib o‘tgandik.

Hamyurtimiz hal qiluvchi jangida ukrainalik Maksim Xalinichevga qarshi ringga chiqdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining o‘smirlar Olimpiadasidagi medallari soni 15 taga yetdi. Ayni paytda hisobimizda 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallari mavjud. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallari mikst bahslarida qo‘lga kiritilgan.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:32, 18.10.2018.
O'qildi: 2945 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.