Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘smirlar Olimpiya o‘yinlari: 206 mamlakat ichida 13-o‘rinni egalladik

O‘smirlar Olimpiya o‘yinlari: 206 mamlakat ichida 13-o‘rinni egalladik

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bahslari o‘tkazildi. O‘yinlar yakuniga ko‘ra o‘zbekistonlik yosh sportchilar tomonidan umumiy hisobda 16 ta medal qo‘lga kiritildi. Ularning 5 tasi oltin, 4 tasi kumush va 7 ta bronza medallaridir.

O‘zbekistonlik sovridor sportchilar ro‘yxati:

Oltin:

Jayhunbek Nazarov (dzyudo, mikst)

Kumushxon Fayzullayeva (og‘ir atletika)

Gulbahor Fayziyeva (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

Umidjon Jalolov (erkin kurash)

Abdumalik Xalakov (boks)

Kumush:

Ulug‘bek Rashitov (taekvondo)

Muhammadqodir Toshtemirov (og‘ir atletika)

Islom Abdusalomov (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

Shohida Ahmedova (sport kurashlari)

Bronza:

Nilufar Yermagambetova (dzyudo)

Indira O‘lmasova (gimnastika, mikst).

Dolera Davronova (og‘ir atletika)

Muhammadrasul Rahimov (erkin kurash)

Jahongir Rahmonov (boks)

Dildora Aliqulova (karate)

Timur Merjanov (boks).

Ma’lumot uchun, ushbu Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz yangi yo‘nalishlarda ham medallarga sazovor bo‘la oldilar. Jumladan, bungacha O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha xech qachon oltin medal qo‘lga kiritmagandi. Shuningdek, qizlarimiz ham sport kurashlari bo‘yicha medallarga ega chiqishmagan. Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ham avvalgi Olimpiya o‘yinlarida medallar olmagandik. Bu safar eshkak eshuvchilarimiz oltin va kumush medallarga ega chiqishdi.

O‘yinlar davomida sportchilarimiz 16 ta medal qo‘lga kiritishdi. Taqqoslash uchun, 2014 yilgi o‘smirlar Olimpiadasida hamyurtlarimiz 10 ta medalga ega chiqqandilar va yakunda medallar sifati bo‘yicha 27-o‘rinni egallashgandi. Guvohi bo‘lganimizdek, bu safargi o‘yinlarda terma jamoamiz o‘z pozisiyasini yanada yaxshiladi va jahonning 206 mamlakati ichida 13-o‘rindan joy oldi. Bu orqali O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi o‘z rekordini yangiladi.

Bu borada biz Osiyoda beshinchi, MDHda uchinchi, Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo‘la oldik. Qo‘shni mamlakatlar ichida eng yaqin ta’qibchimiz Qozog‘iston terma jamoasi 10 ta medal bilan (4 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza) 15-o‘rindan joy oldi. Qirg‘iziston esa 3 ta medal (2 ta kumush, 1 ta bronza) bilan 69-pog‘onadan o‘rin oldi. 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Afg‘oniston vakillari 90-o‘rinni egallashdi. Yana ikki qo‘shnimiz Tojikiston va Turkmaniston terma jamoasi vakillari medallar qo‘lga kirita olishmadi.

 

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 07:16, 19.10.2018.
O'qildi: 3999 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.