Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekistonda yangi badminton markazi ochiladi

O‘zbekistonda yangi badminton markazi ochiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston badminton federasiyasi raisi Aziz Abduhakimov federasiyaning yangi mashg‘ulot majmuasida yakunlangan ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida joylashgan ushbu yangi majmua yaqin 10 kun ichida tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochadi. Ta’mirlash ishlari homiylik mablag‘lari asosida amalga oshirildi.

Majmua O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizda sportni ommalashtirish bo‘yicha bergan ko‘rsatmasiga asosan bunyod etilgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shu yilning 20 sentyabrida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan va unda mamlakatimiz rahbari tomonidan sportni rivojlantirish, ommalashtirish bo‘yicha bir qator muhim ko‘rsatmalar belgilab berilgandi.

Qayd etish lozimki, badminton jarohat olish ehtimoli juda kam bo‘lgan sport turi hisoblanadi va u bilan barcha yoshdagi insonlar shug‘ullanishlari mumkin. Badmintonni «raketka bilan o‘ynaladigan shaxmat» deb ham atashadi.

Chunki, o‘yin davomida sportchi zarbalarning turli usullarini tezkorlik bilan o‘ylab, amalga oshirishi lozim. Bunga erishish uchun albatta tezkor fikrlash talab etiladi. Badminton bilan shug‘ullanish uchun lozim bo‘lgan bunday hislatlarga esa albatta mashg‘ulotlar va musobaqalarda erishiladi.

Umid qilamizki, ushbu sport majmuasi olimpiya sport turi hisoblangan badminton bo‘yicha O‘zbekistonga yangi chempionlarni tarbiyalab beradi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:04, 22.10.2018.
O'qildi: 1706 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.