Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Ronaldo: «Ektor Kuper faoliyatimdagi eng yomon murabbiy»

Ronaldo: «Ektor Kuper faoliyatimdagi eng yomon murabbiy»

Baho:
+ | -

Yaqin o‘tmishning eng taniqli futbolchilaridan biri, ikki karra «Oltin to‘p» sohibi Ronaldo hozirda O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Ektor Kuper bilan o‘rtalarida kelib chiqqan ziddiyat haqida gapirib bergan. Uning Spor TV`ga bergan intervyusini shu yilning iyunida, argentinalik mutaxassis hozirgi lavozimiga kelish arafasida Football Italia chop etgan.

«Mening «Inter»dagi faoliyatim u tufayli yomon tugagan edi», - deb aytgan Ronaldo.

Ma’lumki, braziliyalik hujumchi 1997-2002 yillar mobaynida «rossoneri» sharafini himoya qilib, klubga kelgan va undan ketgan yillarda «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan. Uning klubdagi so‘nggi mavsumi Ektor Kuper qo‘l ostida o‘tadi. 2001 yil yozida, bundan avvalgi ketma-ket ikki mavsumda «Valensiya»ni YECHL finaliga qadar boshlab borgan va dastlab Ispaniyada, so‘ng Yevropada yilning eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etilgan Ektor Kuper «Inter» bosh murabbiyi etib tayinlanadi.

Kuper Milandagi ishini muvaffaqiyatli boshlab, A Seriyada yetakchilikni qo‘liga olgan, ammo mavsumning ikkinchi yarmida jamoada charchoq alomatlari ko‘zga tashlanib, salbiy natijalar ko‘paya boradi. So‘nggi tur oldidan «Inter» jadvalda birinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa-da, hal qiluvchi so‘nggi uchrashuvda «Lasio» maydonidan 2:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytadi va «Yuventus» hamda «Roma»dan ortda qolib, yakuniy jadvalning uchinchi pog‘onasidan joy oladi.

Rimdagi o‘sha bahsni Ronaldo zaxirida o‘rindig‘ida o‘tkazgan edi. U bundan avvalroq deyarli uch yildan buyon bezovta qilib yurgan jarohati sababli ikki marta jarrohlik stoliga yotgan va JCH-2002ga qadar tiklanib maydonga qaytishga zo‘r berib urinayotgan edi. Kuper unga maydonga tushishga ruxsat bermaydi. «Lasio»ga qarshi tarixiy mag‘lubiyat bu o‘yinni zaxirada o‘tirib kuzatgan Ronaldoning ko‘z yoshlari bilan «Inter» muxlislari yodida qolgan. Shundan so‘ng u «Real»ga ko‘chib o‘tib, «Galaktikos»ning muhim bo‘lagiga aylangan edi.

«[Men «Inter»dan ketganimdan so‘ng ham] Kuper jamoaga ustozlik qilishda davom etdi. Ehtimol, uning agenti jahondagi eng yaxshisi bo‘lgandir. O‘sha vaqtda jarohatimdan tiklanayotgan edim. Maydonga tushishni istaganman, ammo bizning munosabatlarimiz yaxshi emasdi.

Men klub prezidenti [Massimo Moratti]dan yo meni, yoki uni tanlashini so‘raganman. Yakunda esa «Real»dek sehrli klubga yo‘l olgandim. Shunday bo‘lsa-da, Kuperni men o‘z faoliyatimda duch kelgan eng yomon murabbiy, deb ayta olaman», - deya ta’kidlab o‘tgan Ronaldo.

Ma’lumot uchun, braziliyalik hujumchi Janubiy Koreya va Yaponiya mezbonligida o‘tgan JCH-2002da ishtirok etib, Braziliya termasining beshinchi marotaba mundial g‘olibi bo‘lishiga hissa qo‘shgan edi. U o‘sha yili ikkinchi marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish bilan birga FIFA talqiniga ko‘ra uchinchi marta jahonning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan.

Ektor Kuper esa «Inter» bilan kelgusi mavsumda A Seriyaning ikkinchi o‘rnini egallagan, uchinchi mavsumidagi muvaffaqiyatsiz starti sabab ishdan bo‘shatilgan.

Manba: Tribuna
Kiritildi: 08:19, 23.10.2018.
O'qildi: 8719 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик