Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Tarixiy g‘alabalar muborak! Ayniqsa Gibraltarga...

Tarixiy g‘alabalar muborak! Ayniqsa Gibraltarga...

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Armaniston futbolining bugungi bosh yulduzi Genrix Mxitaryan butun faoliyati davomida hech qachon bu qadar kuchsiz raqibga qarshi o‘ynamagan bo‘lsa kerak.

Biroq natija... Ha, armanlar Yevropa Millatlar ligasi doirasida o‘z maydonlarida Gibraltar terma jamoasiga (suratda) 0:1 hisobida yutqazib, «mitti» raqibga oktyabr oyining bosh «sensasiya»chisi bo‘lish imkonini berishdi.

Gibraltarliklar Yerevandagi g‘alabadan shu qadar ilhomlanishdiki, yana 3 kundan keyin o‘z tarixlarida 2-marta rasmiy o‘yinni o‘z foydalariga hal qilishdi.

Armaniston termasi qanday yutqazdi?

Yangi turnir - YEML «shok» holatida - Armaniston termasi o‘z maydonida gibraltarlik futbolchilar oldida ojiz. UYEFA tarkibidagi eng zaif jamoalardan biri Yerevanda o‘zi uchun olamshumul g‘alabaga erishdi.

Ha, futbol olami sir-sinoatlarga to‘la. Axir armanlar guruh autsayderiga qarshi bahsda ancha jangovar tarkibga tayanishdi. Deylik, Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan ham ilk daqiqalardan maydonda harakatlandi. Shuningdek, «Spartak» (Moskva)ning sobiq hujumchisi Yura Movsisyan 3 yillik tanaffusdan keyin milliy jamoa safida ko‘rinish berdi.

Umuman olganda, Armaniston termasi o‘yin vaqtining 72 foizida to‘pni nazorat qildi, raqib darvozasi tomon naq 34 marta zarba yo‘lladi. Shundan 9tasi aniq chiqdi, ammo gol yo‘q. Xullas, mezbonlar to‘liq ustunlikka erishgan bo‘lsalarda, mehmonlar golkiperi Kayl Goldvin o‘z darvozasini daxlsiz saqladi.

Gibraltar termasiga g‘alaba taqdim etgan gol esa ikkinchi bo‘lim boshida penaltidan urildi. Bu vaziyatda Grayr Mkoyan («Alashkert») jarima maydoni ichida to‘pni yo‘qotdi va raqibni qo‘pollik evaziga yiqitdi.

Belgilangan penaltini ko‘pchilikka notanish Jozef Chipolina sovuqqonlik bilan amalga oshirdi. Endi armanistonlik muxlislar Chipolina, Serjant va Kumbes kabi futbolchilarni uzoq vaqt eslab yurishsa kerak. To‘g‘ri, kulgu yoki xushkayfiyat holda emas, balki alam bilan...

Gibraltar termasi uchun tarixiy natija

Kamtarin milliy jamoa shu tariqa rasmiy o‘yinlardagi ilk g‘alabasini tantana qildi. Pireney yarim orolida joylashgan va Buyuk Britaniya hamda Ispaniya o‘rtasidagi nizolar vositasi sanalgan mittigina mamlakat termasi bunga qadar atigi 2ta uchrashuvda raqibdan ustun kelgandi.

Lekin har ikki yutuq Gibraltarda tashkillashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvida rasmiylashtirilgan. Aniqroq aytsak, 2014 yili Malta termasini 1:0 hisobida yengishgan gibraltarliklar yaqinda, ya’ni mart oyida latviyaliklarni ham yagona gol evaziga mag‘lubiyatga uchratishdi. 0:9, 1:8 yoki 0:7 kabi hisoblar esa, Gibraltar termasi uchun odatiydek bo‘lib qolgan.

Harqalay, jamoa 3ta rasmiy o‘yinni o‘ta yirik farq bilan boy bergan. Umuman, Gibraltar termasi FIFA va UYEFA tarkibiga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shilgach, Yevro-2016 hamda JCH-2018 saralash bosqichlarida ishtirok etdi.

E’tibor qarating, Yevropa birinchiligi kvalifikasiyasi doirasidagi 10ta o‘yin ham yangi jamoa mag‘lubiyati bilan tugadi. Umumiy hisob - 2:56... Gibraltarliklar jahon miqyosidagi turnirda ham ochko ololmadilar: yana 10ta o‘yin va 10ta mag‘lubiyat. Faqat bu safar gollar nisbati ozgina yaxshilandi - 3:47.

Ayni payt Gibraltar termasini urugvaylik Xulio Sesar Ribas boshqarmoqda. Jamoa uning boshqaruvida Yevropa Millatlar ligasi startida Makedoniya va Lixtenshteyn termalariga to‘qnash kelib, ikki o‘yinni ham bir xil - 0:2 hisobida boy berdi. E’tiborlisi, gibraltarliklar Yerevandagi ijobiy natijadan keyin Lixtenshteyn termasiga qarshi javob uchrashuvida ham 3 ochko olishdi va «D» ligasi 4-guruhida 2-o‘ringa chiqib olishdi. Endi Ribas - Gibraltar futboli tarixidagi asosiy qahramon.

Armanlarda nima gap?

Tabiiyki, kutilmagan mag‘lubiyat armanistonlik futbolchilarga juda og‘ir botdi. Ayniqsa, jamoaning yangi bosh murabbiyi Armen Gyulbudagyans rosa siqilgandir. Zero, u terma jamoa boshqaruvini sentyabr oyida qo‘lga olgandi. Bunga qadar ishlagan Vardan Minasyan Yevropa Millatlar ligasining dastlabki 2 turidan keyin iste’foga chiqishni lozim topdi. Armanlar uning qo‘l ostida o‘z maydonlarida Lixten-shteyn termasini 2:1 hisobida yengib, safarda makedoniyaliklarga bas kelolmagandilar - 0:2.

Diqqatga sazovor tomoni, Genrix Mxitaryan va uning do‘stlari «Gibraltar tarsakisi» alamini guruh peshqadami - Makedoniya termasidan olishdi - 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, 3 kun oldingi sharmandalikni biroz «yuvishdi». Darvoqe, oldinroq Armaniston termasini italiyalik Janni de Byazi boshqarishi haqida xabarlar tarqalgandi (u albanlarni Yevro-2016 final raundiga olib chiqish orqali omma e’tiboriga tushdi).

Lekin gap-so‘zlar tasdiqlanmadi va bosh murabbiy lavozimiga 51 yoshli Gyulbudagyans tayinlandi. «Bu natija - ulkan omadsizlik, - deya izohladi murabbiy «Gibraltar tarsakisi»ni. - Barcha mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman.

Biz juda ko‘p xavfli vaziyatlar yaratdik, faqat foydalanish masalasida omadimiz chopmadi. O‘ylashimcha, muxlislar «Sharmanda» iborasini futbolchilarga yo‘naltirishmadi. Axir yigitlar gol urish uchun borlarini berishdi, biroq o‘xshamasa qiyin ekan...». Newsarmenia ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yin tugashi bilan Yerevandagi stadionda ommaviy mushtlashuv yuzaga kelgan. Chunonchi, ayrim muxlislar ehtirosga berilib, Gibraltar termasini g‘alaba bilan baralla tabriklashgan, biroq bu boshqa fanatlarga yoqmagan.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:50, 24.10.2018.
O'qildi: 1784 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик