Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/10 00:00 Atletiko 1-0 Deportivo
25/10 16:00 OKMK 2-1 Qo‘qon-1912
25/10 16:30 Inter 2-1 Fiorentina
25/10 18:00 Atletik Bilbao 4-0 Xetafe
25/10 18:00 Qizilqum 1-1 Lokomotiv
25/10 18:15 Dinamo 1-1 Andijon
25/10 19:00 Kristal Pelas 0-2 Nyukasl
25/10 19:00 Xall Siti 1-1 Brentford
25/10 19:00 Liverpul 2-0 Brayton
25/10 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
25/10 19:00 Atalanta 4-4 Frozinone
25/10 19:00 Jenoa 1-0 Venetsiya
25/10 20:15 Selta 0-0 Betis
25/10 21:30 Sanderlend 0-0 Lids
25/10 22:00 Lechche 0-2 Yuventus
25/10 22:30 Real Sosyedad 2-1 Levante
26/10 00:45 Udineze 0-2 Milan
26/10 01:00 Barselona 1-2 Real Madrid
26/10 18:30 Xorazm 1-2 Navbahor
26/10 18:45 Neftchi 1-2 Al-Ittihod
26/10 21:00 Al-Ahli (SA) - Al-G‘arafa
26/10 21:00 Al-Ayn - Traktor
26/10 23:15 Al-Qodisiya - As-Sadd
26/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Paxtakor
27/10 01:00 Sevilya - Osasuna
27/10 22:30 Sassuolo - Lasio

27 oktyabr kuni O‘zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

27 oktyabr kuni O‘zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston kubogi-2018 final uchrashuvida AGMK va “Paxtakor” jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.

Mamlakat kubogining hal qiluvchi o‘yini 28 oktyabr kuni Farg‘ona shahridagi muhtasham – “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvi soat 15:00da start oladi.  

Finaldan bir kun avval har ikki jamoa ustozlari hamda bir nafardan yetakchi futbolchilari ishtirokida o‘yin oldi matbuot anjumani tashkil etiladi. O‘zbekiston Professional Futbol Ligasida akkreditasiyadan o‘tgan barcha turdagi OAV vakillari mazkur uchrashuv oldi tadbirlari, o‘yin va uning atrofidagi barcha voqeliklarni bevosita voqea joyidan yoritishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun PFL elektron pochtasi (info@pfl.uz)ga har bir nashr finalga boradigan jurnalistlari ro‘yxatini taqdim etishi lozim.

AGMK jamoasi 27 oktyabr kuni soat 16:00da “Istiqlol” stadionida o‘yin oldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazadi. Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi. Soat 16:45da “Paxtakor” jamoasi bosh murabbiyi Shota Arveladze hamda “sherlar”ning bir nafar futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Soat 17:00dan boshlab esa “Paxtakor” rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi va uning ham 15 daqiqasi ochiq tarzda o‘tadi. Soat 17:15da AGMK ustozi Baxtiyor Ashurmatov va jamoa futbolchisi ishtirokida o‘yin oldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mazkur o‘yinni yuqori saviyada tashkil etishga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. O‘yin kuni uchrashuv boshlanishi oldidan stadionga tashrif buyuradigan muxlislar uchun katta konsert dasturi tashkil etiladi.

Barchani final bahsiga taklif etamiz!

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 10:02, 25.10.2018.
O'qildi: 4557 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик