Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 00:45 Inter 1-0 Venetsiya
04/11 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Betis
04/11 19:00 Al-Vasl 1-1 As-Sadd
04/11 21:00 Al-Ahli (SA) 5-1 Ash-Shorta
04/11 21:00 Persepolis 1-1 Al-G‘arafa
04/11 22:30 Empoli 1-0 Komo
04/11 22:30 Parma 0-1 Jenoa
04/11 23:00 Al-Hilol 3-0 Istiqlol
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost - Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale - Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe - Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim - Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor - Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Qarang, bitta o‘yinda 8ta gol yoki Bundesliga ishtirokchisining shaxsiy «fojia»si

Qarang, bitta o‘yinda 8ta gol yoki Bundesliga ishtirokchisining shaxsiy «fojia»si

Baho:
+ | -

Futbol jamoatchiligi asosiy e’tiborini FIFA kunlaridan o‘rin olgan xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari va Yevropa Millatlar ligasi bahslariga qaratgan bir pallada Germaniyada futbol tarixi uchun noyob hodisa kuzatildi. Biroq 90 daqiqa davomida naq 8ta (!) gol urgan futbolchi bu ajabtovur natijasidan naf ko‘rarmikan? Aslida xalqaro o‘yinlar tufayli yuzaga kelgan tanaffus payti klublar o‘rtasida tashkillashtiriladigan o‘rtoqlik-nazorat bahslari milliy jamoalar yig‘inidan chetda qolgan «omadsiz» futbolchilar uchun o‘ziga xos imtihon sanaladi. Xususan, kuchli chempionatlarda ishtirok etuvchi klublar vakillari shu asnoda qo‘shimcha amaliyot hosil qilishadi. Har holda, murabbiylar bu vaqtda asosan rasmiy uchrashuvlarda maydonga kam tushayotgan yoki umuman tushmayotgan yigitlarga imkoniyat berishadi.

«Ayntraxt» klubining shvesiyalik hujumchisi Branimir Xrgota o‘ziga xos futbol qismatiga ega yigitlardan biridir. Mana, u yaqinda «Xanau» klubiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinda 8ta gol urishdan tashqari, yana 2ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Biroq bu ko‘rsatkich hech narsani anglatmasligi mumkin. Ehtimolki. murabbiylar uni shu natijasi o‘laroq, 1-2ta rasmiy uchrashuvda sinab ko‘rishar, ammo hujumchining oxir-oqibat, yana zaxira o‘rindig‘ini «isitish» bilan vaqt o‘tkazishi ehtimoli katta, baribir. Ha, «Xanau»ni himoyasi mustahkam raqiblar qatoriga kiritish mumkin emas. Ushbu zaifgina klub iyul oyida «Darmshtadt»ga 0:9 hisobida yutqazgandi. Shunday ekan, 2 karra «poker»ga yopishib olish unchalik to‘g‘ri emasdir. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham, Xrgotaning ko‘rsatkichi - o‘yinlarni mudom yoki ko‘pincha chetdan kuzatishga mahkum bo‘layotgan barcha zaxirachilar nomidan jiddiy javob.

Shvesiyalik futbolchi superomadli o‘rtoqlik bahsiga qadar joriy mavsum «Ayntraxt»ning Bundesliga doirasidagi biror o‘yinida ishtirok etmagandi. Boz ustiga, Frankfurt klubi rahbariyati butun yoz bo‘yi 25 yoshli hujumchidan qutulishga urindi. «Ayntraxt» uni 2016 yili Menxengladbax «Borussiya»sidan tekinga olganini ham aytish joiz. Branimirning amaldagi shartnomasi esa, 2019 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, tomonlar muddatni uzaytirmasalar kerak. «Ayntraxt» shuning uchunmi, Xrgota transferidan oz-moz pul undirishni xohladi. Xullas, klub futbolchiga ehtiyoj sezayotgani yo‘q. Bundan oldingi holatni olsak, Xrgota butun o‘tgan mavsum Bundesliga doirasidagi atigi 6ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘rtacha hisobda aytganda, har birida 33 daqiqadan to‘p surdi, xolos. Biroq «Ayntraxt» chuqur zaxirada qolgan hujumchini sotish imkonini topolmadi. Shu tariqa Branimir jamoa ixtiyorida qoldi, ammo rasmiy o‘yinlar qaydnomasiga ham kiritilmayotgandi. Oddiy aytganda, 13:0 hisobida yakunlangan «o‘rtoqlik»da Xrgotaning «Ayntraxt» uchun 8ta gol urgani umumiy vaziyat va munosabatga jiddiy ta’sir qilmasa kerak-ov...

Shvesiyalik hujumchining o‘zidan 8ta gol qabul qilgan «Xanau»ga kelsak, bu jamoa uzoq 1893 yili tuzilgan. Gap 1900 yili Germaniya futbol assosiasiyasiga asos sol-gan ta’sischilardan biri haqida ketmoqda. Biroq «Xanau» 125 yillik tarixida aytarli hech narsa yutgan emas. Endi esa «Ayntraxt»ga o‘ta yirik hisobda yutqazgani tufayli e’tiborga tushdi. Qadimiy jamoani 8ta gol bilan «siylagan» Xrgota esa aslida binoyidek o‘tmishga ega. Har holda, shved hujumchisi Bundesligada chakki o‘ynamagan, ko‘plab gollar urgan. Xususan, «Borussiya» safida chiroyli gollarga ham mualliflik qilgan. Hozir «Ayntraxt» ixtiyorida shiddatkor Ante Rebich, baquvvat Sebastyen Aller va yosh Luka Yovich kabi hujumchilar bor. Biroq Xrgota ham imkoniyat olishga haqli, albatta. Shunday ekan, yaqin orada vaziyat o‘zgarib qolsa, ajabmas. 

«Ayntraxt» fanatlari munosabati

- Futbol olamida ma’nosiz o‘rtoqlik o‘yinlari yetarlicha kuzatiladi. Mana, «Xanau» o‘z maydonida 0:13 hisobida yutqazdi, Branimir Xrgota 8ta gol urdi. Bu natija va ko‘rsatkich shaxsan menga yoqdi, boshqa izoh yo‘q.

- Afsuski, Xrgota doimo to‘rtinchi yoki beshinchi divizion klublariga qarshi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatadi, xolos. O‘ylashimcha, u ikkinchi Bundesliga uchun yaxshi hujumchi ekanligini tan olishi kerak.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:48, 27.10.2018.
O'qildi: 2967 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.