Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Prevyu: «Metallurg» – «Navbahor»

Prevyu: «Metallurg» – «Navbahor»

Baho:
+ | -

2018 yilgi mamlakat milliy chempionatini "Metallurg" o‘z uyida Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Mazkur jamoalar bugungacha kuchlilar safida 43 marta to‘qnash kelishgan.

Bugungacha ortda qolgan o‘yinlarning 11 tasida hamshaharlarimiz g‘alaba qozonishgan. O‘n ikkita o‘yinda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, 20 bahsda namanganliklarning yutug‘i bilan yakunlangan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbatidagi farq raqiblarimiz foydasiga – 45:65. Ushbu jamoalarning o‘zaro qarama-qarshiliklaridagi eng yirik hisob 2003 yili qayd etilgan. O‘shanda jamoamiz «Navbahor»ga  0:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Bu bekobodliklarning oliy liga bahslaridagi ham eng yirik mag‘lubiyati hisoblanadi. Ikki mavsum muqaddam “Metallurg” “Navbahor”ni 5:1 hisobida dog‘da qoldirib, bu jamoalar to‘qnashuvidagi yirik g‘alabasini rasmiylashtirdi. Ungacha bekobodliklar “Navbahor”ni muqaddam uchta to‘p farqi bilan yutgandi.

Navbahorchilardan mazkur to‘qnashuvlarda eng ko‘p muvaffaqiyatga erishgan futbolchi Shuhrat Mirxoldirshoyev sanaladi. U bekobodliklar darvozasiga 12 ta to‘p kiritgan. “Metallurg” jamoasidan esa Zohid Abdullayev raqiblari darvozasini 7 marta ishg‘ol etgan.

Bu yilgi mavsumda jamoalar uch marta to‘qnash kelishdi. Ulardan ikkitasida hisob ochilmagan bo‘lsa, yana bittasida namanganliklar zafar quchishgan. Bekoboddagi o‘yin 2018 yil hisobidan to‘rtinchi bahs bo‘ladi.

Jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan so‘nggi olti uchrashuvi:

2018  “Metallurg” – “Navbahor” – 0:0

2017  “Metallurg” – “Navbahor” – 0:0

2016  “Metallurg” – “Navbahor” – 5:1

2015  “Metallurg” – “Navbahor” – 2:3

2014  “Metallurg” – “Navbahor” – 2:0

2013  “Metallurg” – “Navbahor” – 2:1

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:01, 03.11.2018.
O'qildi: 2096 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик