Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bugun Madridda karate bo‘yicha jahon chempionati boshlanadi

Bugun Madridda karate bo‘yicha jahon chempionati boshlanadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Ispaniya poytaxti Madrid shahrida karate bo‘yicha 24-jahon chempionati start oladi. Musobaqada yer yuzining 139 mamlakatidan 1200 nafarga yaqin sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadilar.

Jahon chempionatida quyidagi sportchilar yurtimiz sharafini himoya qiladilar:

Erkaklar:

-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Dastonbek Otabolayev
+84 kg: G‘ofurjon Zohidov

Ayollar:

-50 kg: Baxriniso Boboyeva
-61 kg: Barno Mirzayeva
-68 kg: Dildor Annadurdiyeva

Bahslar 11 noyabrga qadar davom etadi.

Kecha Madridda Jahon karate federasiyasining navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi raisi Alamjon Mullayev va bosh kotib Kamoliddin Xodjaniyazovlar ishtirok etishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:28, 06.11.2018.
O'qildi: 2288 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.