Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasi boshlanishiga 60 kun qoldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar
2019 yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo‘yicha 17-Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 5 yanvar - 1 fevral kunlariga mo‘ljallangan. Undu Osiyoning 24ta kuchli terma jamoasi, shu jumladan, O‘zbekiston ham qatnashadi. Osiyo Kubogi BAAning to‘rtta shahrida bo‘lib o‘tadi: Abu-Dabi, Dubay, Al-Ayn va Sharja. 

Bugun mazkur turnir boshlanishiga roppa-rosa 60 kun qoldi. Osiyo Kubogi 1956 yildan boshlab o‘tkazib kelinadi. Musobaqa tarixi davomida quyidagi terma jamoalar Osiyo Kubogini qo‘lga kiritishgan: Janubiy Koreya, Isroil, Eron, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Iroq va Avstraliya. Osiyo Kubogining amaldagi sohibi Avstraliya terma jamoasi hisoblanadi. 

2019 yildagi Osiyo Kubogi O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun hisob bo‘yicha 7-bo‘ladi. Musobaqadagi eng yaxshi natijaga O‘zbekiston 2011 yilda erishgan. O‘shanda terma jamoamiz 4-o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Osiyo Kubogidan o‘rin olgan uchrashuvlarda O‘zbekiston MTJ tarkibida eng ko‘p gol kiritgan futbolchimiz Aleksandr Geynrix hisoblanadi. Uning hisobida jami 6ta gol bor.

Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasida O‘zbekiston MTJ "F" guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, guruhimizda Ummon, Turkmaniston va Yaponiya terma jamoalari o‘rin olishgan.

Dastlabki bahsni vakillarimiz 9 yanvar kuni Sharja shahrida Ummon terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. 13 yanvar kuni Dubayda Turkmaniston terma jamoasiga qarshi maydonga tushsak, guruhdagi so‘nggi o‘yin 17 yanvar kuni Al-Ayn shahrida Yaponiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.     
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 18:05, 06.11.2018.
O'qildi: 2923 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик