Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Zohir Pirimov: "AGMKdan ketishimga Viktor Kumikov sababchi"

Zohir Pirimov: "AGMKdan ketishimga Viktor Kumikov sababchi"

Baho:
+ | -

Ushbu uchrashuvda "konchilar" raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishdi va OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu natijadan so‘ng jamoada uzoq muddat faoliyat olib borgan Zohir Pirimov bilan suhbatlashdik.

- O‘zbekiston kubogi final bosqichida "Paxtakor"ni mag‘lub etib tarixda ilk bor O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdinglar. Ushbu o‘yin haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsangiz.

- O‘zbekiston kubogi final bosqichida ushbu mavsumdagi eng muhim uchrashuvni o‘tkazdik. Shuning uchun ham barchamiz ushbu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Ushbu o‘yinda biz O‘zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi bahs olib bordik. Maydonda murabbiyimining ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarishga harakat qildik. Bosh murabbiyimizning va futbolchilarning qilgan say-harakatlari zoyi ketmadi. Ilk marotaba O‘zbekiston kubogi sovrinini qo‘lga kiritdik va OCHL yo‘llanmasiga ega chiqdik.

- "Paxtakor" bilan bo‘lgan o‘yinda uchrashuvdagi hisobni sizlar ochdinglar. Oradan biroz vaqt o‘tib raqiblaringiz muvozanatni tikladi. Shu vaziyatda jamoa ruhiy tushkunlikka tushib qolmadimi?

- Yo‘q, biz o‘tkazib yubolrilgan goldan so‘ng tushkunlikka tushib qolmadik. Aksincha, gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng raqib darvozasini yana bir bor ishg‘ol qilib g‘alaba qozonish uchun harakat qildik. Final bosqichida maydonga hamma narsaga tayyor bo‘lib chiqish kerak, nazarimda.

- Uchrashuvda ko‘proq "Paxtakor"ga to‘pni berib qo‘ydinglar. Bu murabbiyning taktikasi bilan bog‘liqmidi?

- Biz himoyaviy o‘yin ko‘rsatmadik, hujumda ham yetarlicha imkoniyatlarimiz bo‘ldi. To‘g‘ri, to‘p nazorati borasida "Paxtakor" ustunlik qildi. Bizni murabbiyimiz ushbu o‘yinga maksimal darajada tayyorladi. Maydonda murabbiyimizning barcha aytganlarini bajarishga harakat qildik. Bosh murabbiy bizni final bosqichiga a’lo darajada tayyorlamaganda g‘olib bo‘lmagan bo‘lardik, deb o‘ylayman.

- "Paxtakor"ga qarshi bahsda qanchalik qiyinchiliklarga duch keldinglar?

- "Paxtakor" tarkibiga qarasangiz mahoratli futbolchilari judayam ko‘p. Hech bir jamoa ularga qarshi oson o‘yin ko‘rsatmaydi. "Sherlar"ga qarshi bahs olib borgan har bir jamoa qiyinchiliklarga duch keladi.

- To‘g‘ri, lekin AGMK finalga kegunga qadar kuchli jamoalarni mag‘lubiyatga uchratdi...

- To‘g‘ri ta’kidlab o‘tdingiz. Biz finalga kelgunimizga qadar kuchli jamoalarni mag‘lubiyatga uchratib kubok bahslaridan chiqarib yubordik. Har bir uchrashuvdagi g‘alabani jamoaviy o‘yin evaziga evaziga qo‘lga kiritdik. Biz bir oiladekmiz.

- Jamoa o‘z oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan?

- Hozirgi kunda barchaning fikri superliganing qolgan uchrashuvlariga qaratilgan.

- Zohir aka siz bundan avval Buxoroning "Buxoro" jamoasida, Namanganning "Navbahor" klubida faoliyat yuritgandingiz. AGMKga o‘tishingiz qanday amalga oshdi?

- AGMK jamoasiga Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy etib tayinlangandan so‘ng ular meni jamoada ko‘rish istagi borligini aytdi. Ushbu taklifga yo‘q demay, jona-jon jamoamga qaytib keldim.

- AGMK jamoasidan ketishingizdan oldin "Igor Shkvirin jamoadan ketsa men ham ketaman" deb jamoadan ketgandingiz. Klubga Shkvirin qaytmadi lekin siz qaytdingiz...

- Igor Shkvirin AGMkdan ketgandan so‘ng men ham jamoadan ketishga qaror qilgandim. Lekin AGMKdan ketishimga ko‘proq Viktor Kumikov sababchi bo‘lgan. Chunki, men ushbu murabbiyning o‘yin uslubiga mos kelmasdim. Shuning uchun jamoadan ketishga qaror qilganman. Hozir vaziyat o‘zgardi. AGMKni Baxtiyor Ashurmatov boshqarmoqda.

- AGMKdan ketganingizdan so‘ng o‘yiningizda pasayish kuzatilgandek bo‘ldi nazarimda...

- To‘g‘ri aytdingiz, o‘tgan mavsum o‘yinimda pasayish kuzatildi. 9 yil davomida AGMK jamoasi sharafini himoya qildim. Boshqa jamoaga o‘tganimdan so‘ng, yangi jamoaga va u yerdagi muhitga ko‘nikish men uchun qiyin bo‘ldi. "Buxoro" jamoasida faoliyat olib borgan kezlarim, ko‘proq zaxira o‘rindig‘ida qolib ketdim. "Navbahor"da esa 14 uchrashuvning 11tasida maydonga tushganman. "Navbahor" jamoasida ko‘plab o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushdim. "Navbahor" bilan ko‘plab g‘alabalarni qo‘lga kiritdik.

- Siz uchun qadirli jamoa baribir AGMKmi?

- Albatta, faoliyatimning asosiy qismini ushbu jamoada o‘tkazyapman. Bundan hech ham afsuslanmayman. Olmaliq shahri, stadion, muxlislar va jamoadoshlarim men uchun juda ham qadrli.


Abdulloh suhbatlashdi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:53, 06.11.2018.
O'qildi: 2926 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.