Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Superliga. «Qizilqum» - «Nasaf». Prevyu

Superliga. «Qizilqum» - «Nasaf». Prevyu

Baho:
+ | -

“Nasaf” Pepsi Superliganing 30-tur uchrashuvini safarda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan o‘tkazadi. Uchrashuv 10 noyabr shanba kuni “Yoshlar sport majmuasi”da soat 16:00da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari hozirgacha 39 marta kuch sinashgan. Ushbu bahslarning 23 tasida jamoamizning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g‘alaba qozonishgan. 10 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 74-41.   

Endi mazkur jamoalar o‘rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, jamoamiz “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko‘rinishida g‘alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 3:1 ko‘rinishida.

Shu yili 2 oktyabr kuni Qarshida o‘tkazilgan so‘nggi o‘zaro o‘yinda 4:2 hisobida “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan.

Navoiyda bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlarga oid

Navoiyda bo‘lib o‘tgan o‘zaro o‘yinlar statistikasiga ko‘ra, jamoamiz Navoiyda o‘tkazilgan 19 uchrashuvning 8tasida g‘alaba, 6tasida durang va yana 5 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Yana bir qiziqarli fakt, “Qizilqum” jamoasi o‘z maydonida so‘nggi marta 2008 yilda “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratgan.

Shu yili Navoiyda bo‘liba o‘tgan o‘zaro o‘yinda jamoamiz 2:1 hisobida g‘alabaga erishgan.

Navoiyda bo‘lgan so‘ngi besh uchrashuv

10.08.2013. “Qizilqum” – “Nasaf” 0:1

06.06.2014. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:1

26.08.2015. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:2

25.06.2016. “Qizilqum” – “Nasaf” 3:3

29.04.2017. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:1

18.03.2018. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:2

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv Navoiy shahridagi “Kimyogar” stadionida 9 noyabr juma kuni bo‘lib o‘tadi va soat 15:00da boshlanadi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 19:18, 09.11.2018.
O'qildi: 2453 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик