Madridning “Real” klubida vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini o‘tayotgan Santyago Solari Isko haqida fikr bildirdi.
“Iskoning qanday darajadagi futbolchi ekanligini bilamiz. U mashg‘ulotlarda o‘zidan o‘zib ketishga intiladi.
To‘g‘ri, u operasiya muolajasini o‘tkazdi va futboldan biroz yiroqda bo‘ldi. Bunday holarda o‘yinga 100 foiz tayyorlanishni iloji bo‘lmaydi”, - deydi argentinalik mutaxassis.