Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘FA bilan hamkorlikda OAV xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazadi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘FA bilan hamkorlikda OAV xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
  O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ko‘magida televideniYE, radio, matbuot nashrlari, internet saytlari, nashriyot-matbaa ijodiy uylari jamoalari o‘rtasida Agentlik kubogi uchun mini-futbol musobaqasini o‘tkazadi.   Uchrashuvlar O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan ajratiladigan tajribali hakamlar ishtirokida mini-futbol qoidalariga ko‘ra tashkil qilinadi.   G‘oliblar quyidagi ko‘rinishda mukofotlanadi:   1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi, musobaqa kubogi hamda jamoaga 10 million so‘m pul mablag‘i.   2-o‘rinni egallagan jamoa a’zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi hamda jamoaga 8 million so‘m pul mablag‘i.   3-o‘rinni egallagan jamoa a’zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi hamda jamoaga 6 million so‘m pul mablag‘i.   Shuningdek, “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi to‘purar”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi yarim himoyachi” hamda “Eng yaxshi himoyachi” kabi nominasiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi va pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.   Bugungi kungacha O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, “Nuroniy”, “Xalq so‘zi”, “Ma’rifat” – “Uchitel Uzbekistana”, “Mahalla”, “Yoshlar ovozi” gazetalari tahririyatlari, “Tasvir” ijodiy uyi, uza.uz tahririyati, kun.uz internet nashri, G‘afur G‘ulom va Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, “O‘qituvchi” NMIU, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni, Toshkent viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Uzreport TV”, “Zo‘r TV”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanallari musobaqada ishtirok etish uchun ariza hamda jamoalar ro‘yxatini topshirdi.   Futbol uchrashuvlari O‘zbekiston futbol assosiasiyasining sun’iy qoplamali maydonlarida 2018 yilning 1-5 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 09:04, 18.11.2018.
O'qildi: 1747 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик