Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Kazemironing tiklanishi uchun ko‘proq vaqt ketadi

Kazemironing tiklanishi uchun ko‘proq vaqt ketadi

Baho:
+ | -

«Barselona» rahbariyati hujumchi Usmon Dembeleni "bir yoqlik" qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Klub direktorlar kengashi bir necha a’zosining fikriga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi ulg‘aymayapti. Natijada fransiyalik o‘yinchining yuqori saviyaga ko‘tarilishiga nisbatan shubhalar paydo bo‘ldi. «Barselona» bir necha marta Usmonga ortiqcha narsalar bilan chalg‘imasdan, 24 soat davomida futbol bilan yashash kerakligini tushuntirishga urindi. Futbolchiga berilgan so‘nggi imkoniyat shunday bo‘ldi: agar Dembele o‘z ishiga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirmasa, «Barselona»da o‘ynash nima ekanini tushunib yetmasa, u hech qachon top-futbolchiga aylanmaydi. Boz ustiga, o‘yinchini o‘zgartirish uchun klub tomonidan bo‘layotgan harakatlarga Usmon yetarli e’tibor qaratmayapti.

Dembele qorni og‘rib qolganini bahona qilib mashg‘ulotga kelmagani bosh murabbiy Ernesto Valverdening g‘azabini qo‘zg‘atdi. Mutaxassis "Betis"ga qarshi o‘yinda futbolchini qaydnomaga kiritmadi. Fransiyalik o‘yinchi keyingi bahslarda ham maydondan tashqarida qolishi mumkin.

«Barselona» shu paytgacha Usmonning qiliqlarini uning yoshligiga yo‘yib kelayotgandi. Ammo endi Valverde unga nisbatan qattiqqo‘llik qiladi. Dembele o‘zini yana shunday tutsa, klub uni jazolashi mumkin. Jamoa rahbariyati uning iqtidoriga ishonmoqda, ammo futbolchining ishga bo‘lgan munosabati o‘zgarishiga ishonchi komil emas.

«Barselona» yozgi transfer paytida Usmon Dembeleni 100 million yevroga sotib yuborishi mumkin. Qishki transfer paytida u sotuvga qo‘yilmaydi.

"Real" yarim himoyachisi Kazemiro Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Selta"ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi.

Dastlab braziliyalik futbolchi to‘pig‘idan olgan jarohatidan to‘liq sog‘ayishi uchun 3 hafta vaqt ketishi haqida xabar tarqatilgandi. Ammo Marca tarqatga xabarga ko‘ra, futbolchi kamida 4 hafta davomida maydonga tusha olmaydi.

Shu bois, Kazemiro Chempionlar ligasi guruh bosqichining qolgan 2ta — «Roma» va SSKAga qarshi o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi.

"Real" safida jarohat olgan yana boshqa futbolchilar ham bor. Nacho 2 oy futbol o‘ynay olmasa, Serxio Regilon 3 haftaga safdan chiqqan.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 18:30, 19.11.2018.
O'qildi: 3688 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик