Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Olimpiya harakati» spartakiadasi. Qashqadaryoda musobaqa yakunlandi, Toshkendagi bahslar qizg‘in

«Olimpiya harakati» spartakiadasi. Qashqadaryoda musobaqa yakunlandi, Toshkendagi bahslar qizg‘in

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, shu kunlarda Respublikamiz bo‘ylab «Olimpiya harakati» spartakiadasining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda.

Bungacha Namangan va Xorazm viloyatida ushbu sport musobaqalari yakunlangani haqida xabar berib o‘tgandik.

Qiziqarli musobaqalarning navbatdagisi Qashqadaryo viloyatida tashkil qilindi. Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqalarda 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar ishtirok etishdi.

Ular boks, dzyudo, sport kurashlari, taekvondo, karate, yengil atletika bo‘yicha o‘zaro kurash olib bordilar. Musobaqada kuchli uchlikka kira olgan sportchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ldilar. G‘oliblar endi dekabr oyida Toshkent shahri mezbonlik qiladigan Respublika bosqichida ishtirok etadilar.

Poytaxtimiz Toshkentda esa «Olimpiya harakati» spartakiadasi o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirgan. Hozircha dzyudo bo‘yicha bellashuvlar nihoyasiga yetdi. Oldinda yana bir necha sport turlari bo‘yicha bahslar kutib turibdi.

Qayd etish lozimki, ushbu spartakiada yangi nomlarni saralab olish maqsadida tashkil etilmoqda. Musobaqada o‘zini ko‘rsata olgan sportchilarda keyinchalik terma jamoa safidan o‘rin olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

(Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan musobaqalardan olingan surat)

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 19:26, 20.11.2018.
O'qildi: 1453 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.