Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

JCH-2022ning ba’zi o‘yinlari boshqa mamlakatda o‘tkazilishi mumkin

JCH-2022ning ba’zi o‘yinlari boshqa mamlakatda o‘tkazilishi mumkin

Baho:
+ | -

FIFA prezidenti Janni Infantino bayonot berib, agar JCH-2022 ishtirokchilari soni 48taga yetkaziladigan bo‘lsa, turnirning ba’zi o‘yinlari boshqa mamlakatda o‘tkazilishi mumkinligini ta’kidladi.

«Hozir Qatarda 8ta stadion mavjud. Mamlakat 32ta jamoali jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Sakkizta stadion bilan 48ta jamoadan iborat musobaqani o‘tkazish qiyinligini bilish uchun Eynshteyn bo‘lish shart emas.

Nazarimda, musobaqaning ba’zi o‘yinlarini boshqa mamlakatda o‘tkazish imkoniyatlarini qidiramiz. Albatta, bu qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Ammo biz bunga yechim topamiz.

JCHni kengaytirish muhokamasi ochiq va do‘stona muhitda kechmoqda. Agar buni amalga oshira olsak — xursand bo‘lardim», – dedi Infantino.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2022 musobaqasi 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 18:32, 22.11.2018.
O'qildi: 6954 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик