Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni uchun bahsda o‘ziga xos rekord o‘rnatildi

Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni uchun bahsda o‘ziga xos rekord o‘rnatildi

Baho:
+ | -

Norvegiyalik shaxmat ustasi, amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen va amerikalik Fabiano Karuana Londonda o‘tayotgan, jahon chempioni uchun bahsning 9 ta ilk partiyasida durang natija qayd qilishdi.

Ular shu tariqa shaxmat toji uchun kurashning durang natija bilan tugagan ilk partiyalari soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi. Avvalgi rekord 1995 yilda Nyu-Yorkda rossiyalik Garri Kasparov va hindistonlik Vishvanatan Anand o‘rtasidagi uchrashuvda qayd qilingandi. Shaxmatchilar ilk 8 ta partiyada durang natija qayd qilishgan.

9-partiyada oq donalar bilan o‘ynagan Karlsen ustunligidan foydalana olmagan va partiya 56-yurishda pot bilan yakunlangan.

Umumiy hisob 4,5:4,5. Keyingi partiya bugun, 22 noyabrda o‘tishi belgilangandi.

Musobaqalar tartib-qoidalariga ko‘ra, raqiblar vaqtni nazorat qilgan holda umumiy hisobda 12 ta partiya o‘tkazishlari kerak. Agar hisob teng bo‘lsa, ular yana bitta tezkor partiya o‘tkazishadi, so‘ngra zarurat tug‘ilsa, blis va oq donalarga 5 daqiqa, qora donalarga 4 daqiqa ajratilgan, biroq oqlar yutishi kerak bo‘lgan mini-partiya o‘tkazishadi.

Karlsen 2013 yildan beri shaxmat tojini o‘zida saqlab kelmoqda. U tojni Vishvanatan Anandga qarshi bahsda qo‘lga kiritgan. Norvegiyalik shaxmat ustasi 2016 yil noyabrda unvoni himoyasida rossiyalik Sergey Karyakinni tay-brekda mag‘lub etgan.

Manba: KUN
Kiritildi: 00:17, 23.11.2018.
O'qildi: 4273 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик