Kirish Ro'yxatdan o'tish

Qilichbozlik federasiyasi bilan Tokio Olimpiadasi uchun rejalar muhokama qilindi

Qilichbozlik federasiyasi bilan Tokio Olimpiadasi uchun rejalar muhokama qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, shu kunlarda Milliy olimpiya qo‘mitasida mamlakatimizdagi sport federasiya va assosiasiyalari bilan yig‘ilishlar tashkil qilinmoqda. Bungacha yengil atletika, boks, dzyudo, og‘ir atletika, gimnastika, suv sporti, gandbol, basketbol kabi sport federasiyalari vakillari bilan Tokio 2020 Olimpiadasi uchun ishlab chiqilgan strategiya muhokama qilindi.

Milliy olimpiya qo‘mitasidagi navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi vakillari bilan o‘tkazildi. Sir emaski, qilichbozlik sport turida Olimpiya o‘yinlariga lisenziya qo‘lga kiritish oson bo‘lmagan vazifalardan biri hisoblanadi. Ammo, Tokio Olimpiadasi uchun maqsadlar jiddiy. O‘tkazilgan yig‘ilishda qilichbozlarimizning tayyorgarlik rejalari, xorijiy yetakchi mamlakatlar tajribasini sinab ko‘rish, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish va boshqa masalalar muhokama qilindi. Olimpiya o‘yinlariga lisenziya beruvchi turnirlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ishchi guruh tomonidan qilichbozlarimizning bungacha o‘tkazilgan musobaqalardagi natijalari tahlil qilindi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:29, 24.11.2018.
O'qildi: 1595 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.