Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost 2-2 Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale 3-1 Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe 2-0 Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor 0-1 Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Shahram G‘iyosov oltinchi jangida ham raqibini nokaut evaziga mag‘lub etdi

Shahram G‘iyosov oltinchi jangida ham raqibini nokaut evaziga mag‘lub etdi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Havaskor boksda Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni Shahram G‘iyosov professional ringdagi oltinchi jangini o‘tkazdi. Bokschimizga navbatdagi jangda meksikalik Migel Zamudio raqiblik qildi. Shahram jangni juda faol boshladi. U sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va faoliyatidagi oltinchi g‘alabasini tantana qildi.

Ma’lumot uchun, Shahram bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda professional boksda 6 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 5 ta bahsni u muddatidan oldin yakunlay olgan. 27 yoshli Zamudio esa professional boksda 54 marotaba jang qilishga ulgurgan. Janglarning 41 tasida u g‘alaba qozongan (25 tasi nokaut evaziga). 12 ta jangda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan (10 ta nokaut). Yana bitta jangda esa durangga erishgan.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu g‘alaba bilan bokschimizni tabriklaydi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 08:33, 25.11.2018.
O'qildi: 4862 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.