Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Bugun ikki bo‘limda ikki xil o‘yinga guvoh bo‘ldik» – Ro‘ziqul Berdiyev

«Bugun ikki bo‘limda ikki xil o‘yinga guvoh bo‘ldik» – Ro‘ziqul Berdiyev

Baho:
+ | -

“Nasaf” – AGMK uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev quyidagicha fikr bildirib o‘tdi.

- Bugun ikki bo‘limda ikki xil o‘yinga guvoh bo‘ldik. Birinchi bo‘limda ikkita gol farqi bilan oldinga chiqib oldik. Ikkinchi bo‘limda yigitlarga ta’kidlagan edimki, o‘yinni aslo bo‘shashtirmaslik kerakligini. “AGMK” jamoasi so‘nggi daqiqalargacha kurashadigan jamoa hisoblanadi. Qolaversa, Farg‘onada bo‘lib o‘yin haqida ham gapirgan edim, “AGMK” o‘sha o‘yinda 10 kishi bo‘lib, durangga erishgan edi. Ikkinchi bo‘limdagi sust harakatlarimiz bugungi durangga asosiy sabab bo‘ldi. Afsuski, tayyor g‘alabani qo‘limizdan chiqarib qo‘ydik. Albatta bugun aksariyat futbolchilarimizda toliqish ham sezildi.

 O‘zingizga ma’lum, ko‘plab o‘yinchilarimiz terma jamoalarimiz safida to‘p tepishdi, yana uzoq yo‘l, bularning hammasi o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shuning uchun ikkinchi bo‘limda yanada kuchliroq o‘yin ko‘rsatish ularga qiyin bo‘ldi. Asosan mana shular bugungi durangga sabab bo‘ldi.

Maqsud Karimov haqida ham to‘xtalib o‘tmoqchiman. Biz uchun juda qadrli bo‘lgan futbolchimizdan juda minnatdormiz. U ancha yil jamoamiz tarkibida to‘p tepdi. Klubimizga o‘z umrining eng navqiron va jo‘shqin vaqtlarini berdi. Yutuqlarimizga salmoqli hissasini qo‘shdi. Biz murabbiylarga yaqin ko‘makchi bo‘ldi. Karimov nafaqat yetakchi futbolchimiz, balki yaqin insonimiz sifatida hammamiz uchun qadrlidir.

Shu o‘rinda klubimiz rahbariyatiga taklif bildirib qolardim, imkon bo‘lsa, Maqsud Karimovni jamoamizda olib qolish kerak, unga bironta ish berish kerak. U o‘ziga yuklatilgan har qanday ishni uddalay olishiga ishonaman, jumladan murabbiylikni ham. Undan yaxshigina murabbiy chiqadi. Biz Maqsud Karimovdan juda minnatdormiz, - dedi mutaxassis.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 20:50, 25.11.2018.
O'qildi: 1774 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.