Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Lokomotiv» – «Paxtakor». O‘zaro o‘yinlar

«Lokomotiv» – «Paxtakor». O‘zaro o‘yinlar

Baho:
+ | -

PEPSI Superligasi 31-turining markaziy bellashuvi “Lokomotiv” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekistonning 2 karra chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi “Paxtakor” klubini mehmon qiladi.  O‘yin soat 18:00da start oladi.

Shu o‘rinda ushbu ikki jamoaning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,  “Lokomotiv” shu paytga qadar “Paxtakor”ga qarshi 29ta bahs o‘tkazgan.  O‘zaro o‘yinlarda katta ustunlik “sherlar” tomonida. “Lokomotiv” ushbu jamoani umumiy 5 marta mag‘lub etgan. “Paxtakor” “Loko”ni 17 marta dog‘da qoldirgan bo‘lsa, qolgan 7 o‘yin durang bilan yakun topgan.

“Loko” futbolchilari ushbu raqib darvozasini hozirgacha 27 marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lishgan.  Darvozamizdan esa 60 bor to‘p o‘tkazib yuborganmiz.

“Lokomotiv”ning “Paxtakor” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi ushbu mavsum raqibimiz maydonida qayd etildi – 3:1.

“Temiryo‘lchilar” o‘z maydonida “Paxtakor” bilan o‘tgan 14 bahsning 2tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 8 marta mag‘lubiyatga uchragan. “Lokomotiv” o‘z maydonida “sherlar” bilan 4 marta durang o‘ynagan.

O‘tgan bosqichda “Lokomotiv” mezbonligida kechgan bahs 0:0 hisobida yakunlangandi. “Paxtakor” maydonida o‘tgan o‘yinlarda 1:1 va 1:3 hisobi qayd etildi.

Fakt: “Lokomotiv” ikkinchi bosqichda mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

“Lokomotiv” milliy chempionat doirasida o‘z maydonida o‘tgan so‘nggi 19 bahsda yutqazmadi.

Paxtakor” bu mavsum safarda o‘tgan so‘nggi 10 o‘yinning 6tasida g‘alabaga erishgan.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 11:41, 26.11.2018.
O'qildi: 2353 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик