“Barselona” hujumchisi Lionel Messi YECHL 5-tur doirasidan o‘rin olgan PSVga qarshi o‘yinda gol urdi.
Argentinalik futbolchi uchun bu YECHLning uchta o‘yinida urilgan 6-gol sifatida qayd etildi. Messi 1-turda PSV (4:0) bilan o‘yinda xet-trik qilgan edi, “Tottenxem” bilan (4:2) o‘yinda – dubl.
31 yoshli hujumchi “Inter” bilan bo‘lib o‘tgan har ikki o‘yinda ham jarohati sabab maydonga tusha olmadi.
Messi “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski bilan YECHL joriy mavsumi to‘purarlari ro‘yxatida 1-o‘rinni bo‘lishib turibdi.