Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sport jurnalistikasiga bag‘ishlangan Butunrossiya festival-tanlovida o‘zbekistonlik suratchi sovrindor bo‘ldi

Sport jurnalistikasiga bag‘ishlangan Butunrossiya festival-tanlovida o‘zbekistonlik suratchi sovrindor bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Moskva shahrida sport jurnalistikasiga bag‘ishlangan «Energiya pobed» VIII Butunrossiya festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Rossiya Milliy olimpiya qo‘mitasi, Rossiya sport jurnalistlari federasiyasi va «Gazprom» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda turli yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. E’tiborlisi, «Rus tilida faoliyat olib boradigan xorijiy OAVdagi eng yaxshi fotoreportaj» yo‘nalishida hamyurtimiz Anvar Ilyasov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha bo‘ldi:

1-o‘rin: Sergey Savrasov, «Spacesuit Media» fotoagentligi, Semiluki shahri.
2-o‘rin: Kirill Kudryavsev, «Agentstvo Frans-Press» axborot agentligi, Moskva shahri.
3-o‘rin: Anvar Ilyasov, «Jahon» axborot agentligi, Toshkent shahri.

Ma’lumot uchun, Anvar Ilyasov 40 yildan buyon fotojurnalistika sohasida faoliyat olib boradi. 2000 yildan boshlab u 5 ta Olimpiada, 5 ta Osiyo o‘yinlarida fotosuratchi sifatida ishlagan. Shuningdek, dzyudo, sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatlari, futbol uchrashuvlarida sportchilarimizning turli holatlari, quvonchli onlari aks etgan suratlarni tarixga muxrlagan.

E’tiboringizga Anvar Ilyasov tomonidan ushbu tanlov uchun jo‘natilgan suratlarni taqdim etamiz:

Milliy olimpiya qo‘mitasi Anvar Ilyasovni tabriklaydi va ijodiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:43, 01.12.2018.
O'qildi: 1294 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.