Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

«Oltin to‘p» kimga nasib qiladi? Stadion.uz jurnalistlari qanday fikrda?

«Oltin to‘p» kimga nasib qiladi? Stadion.uz jurnalistlari qanday fikrda?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun Fransiya poytaxti Parij shaxrida “Oltin to‘p” - 2018 topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur marosim oldidan xorij manbalari o‘z taxminlarini bildirishdi. Shuningdek, bu Stadion.uz sayti jurnalistlarini ham befarq qoldirmadi. Ular qanday fikrdaligini qo‘yida bilib olishingiz mumkin.

Olimxo‘ja Bo‘ronov: “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun yaqqol ajralib turgan futbolchi yo‘q”

2018 yil yakunlanib borar ekan, yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash jarayoni avvalgilariga qaraganda boshqacharoq kechmoqda, nazarimda. Masalan, bu safar “Oltin to‘p“ni qo‘lga kiritish uchun yaqqol ajralib turgan futbolchi yo‘qdek. Lekin bir nechta da’vogarlar bor.

Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionlar ligasi o‘tgan yilgi mavsumining bahorgi qismini juda kuchli o‘tkazdi. Juda ko‘plab gollar urdi va “Real“ bilan bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Portugaliyalik futbolchi uchun Jahon chempionati u qadar muvaffaqiyatli kechmadi. Yilning kuzgi qismi esa Krishitanu uchun yomon kechmayapti. U YECHLda ko‘p gol urmayotgan bo‘lsa-da, Italiya A seriyasida to‘purarlar poygasida peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi.

Luka Modrich. Xorvatiyalik futbolchi FIFAning “The Best“ sovrinini qo‘lga kiritishga ulgurdi. Mazkur sovrin sentyabr oyida topshirilganini inobatga olsak, o‘sha paytda Luka bunga munosib edi. Boisi, Modrich ECHLda g‘olib chiqdi, JCH-2018da Xorvatiya terma jamoasi safida kumush medalga ega chiqdi. Futbolchi har ikkala musobaqada ajoyib o‘yin namoyish qildi. Ammo Modrich kuzgi o‘yinlarda past saviyali futbol namoyish qildi. “Real“ ko‘p ochkolarni yo‘qotishida uning ham o‘ziga yarasha “hissa“si bor. Aynan shu holat uning “Oltin to‘p“ni yutish imkoniyatini biroz pasaytirgandek.

Lionel Messi. Argentinalik futbolchi “Oltin to‘p“ uchun kurashda kuchli uchlikka kirmagan bo‘lishi mumkin. Buning yagona sababi — Messi Mundialda muvaffaqiyatga erisha olmadi. Leo “Barselona“ safida Ispaniya chempionligi va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. 2018/2019 yilgi mavsum “ko‘k-anorranglilar“ sardori uchun yaxshi kechmoqda. U La ligada 9ta, YECHLda 6ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kilian Mbappe va Antuan Grizmann. Bu futbolchilar Rossiyada o‘tgan jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, ular “PSJ“ va “Atletiko“ safida o‘tgan yilgi mavsumni ham, ushbu mavsumda ham yomon o‘yin o‘tkazishmayapti. Tabiiyki, ular ham g‘oliblikka da’vogarlar safiga kirishadi. Ayniqsa, Mbappe Mundialni juda kuchli o‘tkazdi.

Agar Luka Modrich yilning kuzgi qismini yuqori saviyada o‘tkaza olganida edi, uning “Oltin to‘p“ni qo‘lga kiritishiga hech qanday shubha qolmasdi. Shunga qaramay, sovrin katta ehtimol bilan unga nasib qilsa kerak.

Jaloliddin Qobiljonov: “Modrich bunga haqli”

Bugun kata ehtimol bilan Ronaldu va Messi erasiga yakun yasaladi. Manimcha, bu yil “Oltin to‘p”ni Luka Modrich olsa kerak. Birinchisi va so‘ngisi. Luka o‘tgan mavsum “Real” bilan YECHLni yutdi, JCHda finalgacha bordi u bunga haqli. Voqealar rivoji ham shunga qarab ketyapti.

Ronaldu, Grizmann va Messilarning mazkur marosimga kelmasliklari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ammo yutishni bilgan yutqazishni ham bilish kerak. Ular marosimga kelib g‘olibning ikki yonida qarsak chalib tursa nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.

Menimcha kuchli uchlik quyidagicha bo‘ladi: Luka Modrich (“Real Madrid”), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) va Killian Mbappe (PSJ).

Abror Eshonxonov: "Marosimga kelmasa ham…u bunga munosib"

Bugungi bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida katta ehtimol bilan Ronaldu va Messi davri tugab yangi davr boshlanadi.

“Oltin to‘p”ga da’vogar futbolchilar shubxasiz, Rafael Varan («Real»), Luka Modrich (“Real”), Antuan Grizmann (“Atletiko”).

“Oltin” to‘p”ni qo‘lga kiritadigan asosiy da’vogar garchi, taqdirlash marosimiga kelmasa ham Rafael Varan!

Chunki u “Real” bilan ketma-ket 3 marta Yevropa chempionlar ligasini, klublar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatini, UYEFA superkubogini va  Fransiya bilan jahon chempionatini qo‘lga kiritdi.

To‘g‘ri, u himoyachi jamoaviy o‘yinda yaxshi o‘ynasa-da natija keltirmaydi. Lekin, esingizda bo‘lsa 2006 yil Italiya terma jamoasi himoyachisi Fabio Kannavaro “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan ilk himoyachi bo‘lgandi. O‘shandan beri, hali hech bir himoyachi bu sovrining oldiga yaqinlasha olmagan edi.

Menimcha, bugun Rafael qora ishni bajaradigan himoyachilar ham eng zo‘r bo‘la olishini isbotlaydi.

Luka Modrich: Modrich ikkinchi o‘ringa haqli deb o‘ylayman. Chunki, u ham ketma-ket uch marta Yevropa chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi. Xorvatiyalik futbolchi Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida jamaosini finalgacha yetaklab chiqdi. Albatta, u barcha sovrinlarga loyiq. Lekin fransiyalik futbolchi jahon chempioni bo‘ldi. Jahon chempioni bilan Yevropa chempionini farqi katta deb bilaman.

Antuan Grizmann: Bugungi marosimda qatnashmasa ham uni kuchli uchlikka kiritishga majburmiz. Negaki u “Atletiko” bilan Yevropa Ligasida va Fransiya bilan jahon chempioni bo‘ldi. “Atletiko” va Fransiya terma jamoasida ko‘plab natijalarga erishgan futbolchi. Faqat u bir sabab tufayli “Oltin to‘p”ni yutolmaydi. Bu sababni bo‘lsa o‘zingiz ham yaxshi bilasizlar.

Akmal Eshonxonov: “Ronaldu 10 yillik kurashga nuqta qo‘yadi”

Manimcha bu yil Krishtianu Ronaldu faoliyati davomidagi 6 – “Oltin to‘p”ni olib 10 yillik kurashga nuqta qo‘yadi. Nima uchun aynan Ronaldu? Sababi o‘tgan mavsum u shaxsiy sovrinlarga ega chiqmagan bo‘lsada uning yordami evaziga “Real” ketma-ket 3-marta YECHLni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, uning jamoasi jahon chempionatida uzoqqa yetib bormagan bo‘lsada, Krish mundialda yaxshi harakat qildi.

Mbappega kelsak, u hali yosh unda bu sovrinni yutish uchun yana imkoniyat bo‘ladi. Biroq bu yil emas. Umid qilaman, Mbappe albatta qachondir bu sovrinni qo‘lga kiritadi.

Messi esa fenomen. Lekin o‘tgan mavsum Krish undan ko‘ra yaxshiroq harakat qildi.Xullas, bugun “Oltin to‘p” Krishtianuga nasib qiladi.

Nizomjon Islomov: “Ronaldu olmagani ma’qul”

Aslida asosiy da’vogarlar Ronaldu, Grizmann va Modrich. Manimcha bu yil “Oltin to‘p”ga Modrich munosib.

Tug‘ri u kup gol urmaydi ammo jamoasining uyini nazorat kiladi “Real”da xam Xorvatiyada xam buni ko‘rishingiz mumkin. YECHLni yutdi mundialda finalga chiqdi. Unitmaslik kerak Xorvatiya bilan. Bu JCH g‘olibi bo‘lish bilan teng degani.

Manimcha Modrich olsa adolatli bo‘ladi. Ronaldu olmagani ma’kul... Modrich futbolda kora ishchi bundaylar xam kachondir takdirlanishi kerakku.

Shunday vaziyatlar bo‘lganki Modrichdan xam yaxshirok uynab sovringa munosib bo‘lib lekin yakunda sovrindan quruq qolishgan. Bu safar shunday bo‘lmasin-da. Yana bir gap bu sovrin mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladi. Messi va Ronalduga ovoz berganlar buni eslaridan chiqarishmasin. Tug‘ri Messi va Ronaldu kuchli futbolchilar ammo o‘tgan mavsumda buni yetarlicha isbotlay olishmadi.

Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p” topshirish marosimi Toshkent vaqti bilan 01:00da FUTBOL TV telekanali orqali jonli tarzda namoyish qilinadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:54, 03.12.2018.
O'qildi: 9596 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.