7-9 dekabr kunlari Xitoyning Shanxay shahrida karate bo‘yicha kattalar o‘rtasida «A Seriya» turkumidagi reyting turniri bo‘lib o‘tadi. Bahslarda jahonning turli davlatlaridan 1000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi. Bellashuvlarda o‘zbekistonlik karatechilar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.
Terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:
Erkaklar:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
Ayollar:
-50 kg: Baxriniso Babayeva
-61 kg: Barno Mirzayeva
Murabbiylar:
O‘ktam Bekpo‘latov
Dilnoza Bakirova.
Bugun, musobaqaning dastlabki kunida ikki nafar hamyurtimiz – Iqboljon Uzoqov hamda Bahriniso Babayeva tatamiga chiqadi. Ertaga Sadriddin Saymatov va Barno Mirzayeva bahslarga kirishadi. Medallar uchun janglar esa 9 dekabr kuni o‘tkaziladi.