Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«PSJ» Mbappe va Neymar borasida rasmiy bayonot berdi

«PSJ» Mbappe va Neymar borasida rasmiy bayonot berdi

Baho:
+ | -

«PSJ» klubi hujumchilar — Kilian Mbappe va Neymarning jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga rasmiy bayonot bilan chiqdi. Avvalroq L’Equipe gazetasi parijliklar moliyaviy halol o‘yin qoidasining buzilishi tufayli jazodan qutilib qolish maqsadida ikkala futbolchini sotishi mumkinligi haqidagi ma’lumot tarqatgandi.

«Bu nafaqat noto‘g‘ri ma’lumot, hattoki kulgilidir. Bu — klubimiz va matbuot o‘rtasidagi munosabatni buzishga qaratilgan xatti-harakat. «PSJ» yana bir marta L'Equipe'ga savol bilan murojaat qiladi: bizga nisbatan maqsadingiz nima o‘zi?

Klub atrofida yomon muhitni shakllantirishga qaratilgan bunday misollar ko‘plab keltirish mumkin. Ularning oxirgilaridan biri sifatida chorshanba kuni «Strasbur»ga qarshi o‘yin kuni gazetasining bosh sahifasida Kavani bilan bog‘liq yolg‘on muammolar e’lon qilindi. Gazetaning dastlabki sahifalarida "PSJ" haqida haddan tashqari ko‘p materiallar chop etilgani — klubimizning shonli ekanidan darak beradi. L'Equipe'ning ko‘r-ko‘rona yondashuviga savollarimiz bor.

Chempionlar ligasi doirasida Belgradda bo‘ladigan muhim o‘yinga 4 kun qolganida barcha muxlislar, hamkorlar, sobiq futbolchilarimizdan qizil-ko‘k futbolka, futbolchilar atrofida yanada qattiqroq jipslashishga chaqiramiz.

Stadionda va ijtimoiy tarmoqlar orqali ishqibozlarimiz tomonidan bo‘layotgan qo‘llab-quvvatlashlar Neymar, Kavani, Mbappe va boshqa futbolchilarga kuch-quvvat beradi. L'Equipe tomonidan tarqatilayotgan yolg‘on xabarlar, bizni falokatga boshlash uchun bo‘layotgan urinishlarga shuni ma’lum qilamizki, Fransiyaning eng taniqli va omadli klubi bo‘lgan "PSJ" faqat yaxshi va qonuniy OAV bilan gaplashishni istaydi», – deyiladi bayonotda.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 11:44, 08.12.2018.
O'qildi: 13623 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик