Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Futbol yulduzlari qanday mashinalardan foydalanishmoqda (fotogalereya)

Futbol yulduzlari qanday mashinalardan foydalanishmoqda (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Jahon darajasidagi futbolchilar keragidan ancha ortiqcha pul topishyapti. Demakki, ular eng qimmatbaho avtomobillarni bemalol sotib olishlari mumkin.

Keling, navbatdagi fotojamlanma vositasida bahosi eng baland «toychoq»lar kimlarga tegishli ekanligini ko‘rib chiqamiz.

10. Serxio AGUERO - Lamborghini Aventador (335 ming dollar)

«Manchester Siti» hujumchisi Aventador xushtori. Bu qimmatbaho «toychoq»ni argentinalik to‘purarga mashhur mutaxassis - Yanni Charalambus moslashtirib bergan. Ya’ni avtomobilning ayrim detallari buyurtma asosida tayyorlangan.

9. Franchesko TOTTI - Ferrari 599 GTO (438 ming dollar)

«Roma» afsonasi Italiyadagi mashhur «otxona» - Ferrari avtomobillariga moyil. 599 GTO modeli Chesko xarid qilgan ikkinchi Ferraridir. U bunga qadar Ferrari 456ni tanlagandi.

8. Devid BEKXEM - Rolls Royce Phantom (448 ming dollar)

Beks hamisha hashamatni alohida qadrlab kelgan. Shuning uchun uning tanlovi - dabdabali Rolls Royce Phantom avtosidan hayratlanishga hojat yo‘q. «MYU» afsonasiga tegishli «toychoq»ni Beverli-Xillzda minglab mashinalar orasida osongina ajratish mumkin.

7. Al Hoji DIUF - Mercedes-Benz SLR McLaren (538 ming dollar)

Senegal milliy jamoasi, «Liverpul» va «Bolton» kabi Britaniyaning ko‘plab klublari sobiq hujumchisi futbol maydonida juda tezkor va shiddatli edi. Ha, u hayotda ham tezlik tarafdori - shaxsiy garajidagi superkar shundan dalolat bermoqda.

6. Samuel ETO'O - Xenatec Maybach 57 (768 ming dollar)

Kamerun terma jamoasi afsonasi, «Barselona» va «Anji» klublari faxri Xenatec Maybach 57ni ancha oldin - 2007 yili xarid qilgan. O‘shanda ushbu modeldagi superkar atigi 200 dona ishlab chiqarilgandi.

5. Zlatan IBRAGIMOVICH - Porsche 918 Spyder  (832 ming dollar)

Butun galaktika va barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi (Zlatanning shaxsiy tasnifi bo‘yicha, albatta) 2015 yili Porsche 918 Spyder uchun salkam 1 million dollar to‘lagan. Ushbu mashinaga dunyo avtosanoatidagi kuchli dvigatellardan biri qo‘yilgan va u Porsche tomonidan ishlab chiqarilgan eng ulkan superkarlar ro‘yxatida 2-o‘rinda turadi.

4. Samuel ETO'O - Aston Martin One-77 (1,6 million dollar)

Samuel kolleksiyasidagi yana bir superkar. Ikki o‘rindiqli One-77 ikki o‘rindiqli sport avtomobili bo‘lib, Aston Martin modellari orasida alohida o‘rin tutadi. Bu rusumli «toychoq»lar 2008 yili cheklangan miqdorda savdoga chiqarilgan - atigi 77ta.

2012 yilga kelib, ulardan biri chiqitga chiqarilgan. Demakki, kamerunlik sobiq hujumchi yer yuzidagi 76 dona Aston Martin One-77dan birining sohibi sanaladi.

3. Krishtianu RONALDU va Karim BENZEMA - Bugatti Veyron (2,18 million dollar)

Fransiyalik hujumchi va uning sobiq klubdoshi - Bugatti Veyronning omadli egalari. Ushbu giperkarning maksimal tezligi soatiga 407 kilometrga teng. «Toychoq» sur’atini atigi 2,5 soniyada 100 kilometrG‘soatga ko‘tarish mumkin.

Avtomobilga fransiyalik afsonaviy poygachi Pyer Veyron sharafiga nom tanlangan. Aytish o‘rinli, Veyronni ishlab chiqarish to‘xtatilgan. Butun dunyoda atigi 450ta shunday avto bor.

2. Krishtianu RONALDU va Pyer-Emerik ObAMEYANG - LaFerrari (2,56 million dollar)

Italiya konserni 2013 yili «gavda»li giperkarni cheklangan seriyada ishlab chiqargan (499 dona). Avtomobilning boshqaruv tizimi ustida Formula (!!!!!!) 1 poygachilari - Fernando Alonso va Felipe Massa ham ishlashgan.

1. Krishtianu RONALDU va Karim BENZEMA - Bugatti Chiron (3,2 million dollar)


Yana Benzema - Ronaldu juftligi. Ular Bugattiga alohida mehr bilan qarashadi. Har holda, o‘z kolleksiyalarida Fransiya avtogigantiga tegishli bir necha qimmatbaho «toychoq»lar bor. Chiron modelining maksimal tezligi - 443 kilometr/soat. Giperkar uchun Michelin shinalari alohida ishlab chiqarilgan. Ularning bir to‘plami bahosi 42 ming dollar.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:50, 09.12.2018.
O'qildi: 11616 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.