Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Erta so‘ngan yulduzlar…

Erta so‘ngan yulduzlar…

Baho:
+1 | -

Bugungi kunda futbolchilar katta maosh olishlari hech kimga sir emas. Lekin hamma futbolchilar ham bu pullarni to‘g‘ri yo‘lda ishlata oladilarmi? Eng achinarlisi, ba’zida yosh yulduzlar ortiqcha hasham va dabdabaga ishqiboz bo‘lib, mashg‘ulotlardan chalg‘ib qolishmoqda. Bugun mana shunday pulga yengilib karyerasini qurbon qilgan futbolchilar haqida so‘z yuritamiz!

Samir Nasri
Samir Nasri Fransiyaga ota-onasi bilan Jazoirdan muhojir bo‘lib ko‘chib keladi. Yigitcha futbol bilan shug‘ullanishni boshlaganida 10 yoshda edi. U juda tez ko‘zga ko‘rina boshlaydi. Fransiya ichki chempionatida ko‘rsatayotgan super o‘yinlari evaziga tez orada Venger uni «Arsenal»ga chorlaydi. Samir "to‘pchilar" safiga yo‘l oladi. U “Arsenal"da uzoq qolmaydi. Uni «Manchester Siti» tezda xarid qiladi. O‘sha paytda Nasri 24 yoshda edi. «Siti» unga yiliga 10 million funt sterling qiymatidagi shartnoma taklif qiladi. Nasri hech o‘ylamay "shaharliklar" safiga borib qo‘shiladi. So‘ng nimaga bu yerga kelganini ham esidan chiqaradi. Yangi modellar bilan tanishuv, shaxsiy samolyot, qimmatbaho mashinalar, hamma-hammasi uni yo‘ldan uradi va maydondagi harakatlariga salbiy ta’sir qiladi. Oqibatda Samir bir nechta jamoalarni almashtirib, oxir-oqibat 30 yoshga yetar-etmas erkin agentga aylanadi. Hozirda u yangi jamoa qidirib yuribdi. Eh afsus, 2010 yilda Fransiyada «yil o‘yinchisi» bo‘lgan futbolchi uchun achinarli holat…

Mario Balotelli
Super Marioning bolaligiga to‘xtalib o‘tirmaymiz. Chunki bu o‘zi alohida mavzu. Shunchaki, Mourinyo qo‘l ostida yulduzga aylangan futbolchi tez orada kattagina moyana ilinjida yana o‘sha "shaharliklar" safiga kelib qo‘shiladi. Balotelli bu jamoa safida urilgan gollari bilan emas, ko‘rsatgan "hunar"lari bilan yodda qolgan. U ikki marotaba o‘z uyini yoqib yuborgan. Buyam yetmagandek bir necha bor matosiklida yo‘l harakati qoidalarini buzib, katta miqdorda jarimalar to‘lagan. Eng achinarlisi esa futbolchi deyarli mashg‘ulotlarda qatnashmagan, o‘zini qiynamagan. Oqibatda ayni futbol o‘ynaydigan yoshda Fransiyaning Liga-1da to‘p surmoqda. Bu mavsum Mario kiritgan gollar soni hali 3 taga ham yetmadi. Afsus, shunday iqtidor...

Pol Pogba
«Yuventus»dagi fantastik mavsumlardan so‘ng dunyoning eng qimmat o‘yinchisi maqomida «Manchester Yunayted»ga kelgan Pogba birdan OAV e’tibor markazida bo‘ladi. Pogba esa yoki shuni, yoki katta maoshni hazm qila olmay qoladi. Tinimsiz soch turmaklarini almashtirib, tinmay super mashinalar xarid qilib, kechki taom yeyish uchun Dubayga shaxsiy samoliyotda uchish… Ehhe! Bunday hashamatni sanashda ancha davom etishimiz mumkin. Eng alam qiladigani shuki, Pogba Instagramda bir sutkada deyarli 6 soatlab qolib ketmoqda. Mashg‘ulotlarda esa … Mayli, Pogbada hali imkoniyat bor. U hammasini o‘nglash uchun biroz kamtarroq bo‘lib, o‘z ustida ishlashi zarur.

Emanuel Adebayor
Emanuel Togoda tavallud topgan. U tug‘ilgan qishloqda 200 nafar kishi yashaydi, xolos. U juda ham qashshoqlikda katta bo‘lgan. Lekin futbolchi bo‘la oldi. U "Monako"da ajoyib mavsumni o‘tkazgach, "Arsenal"ga taklif qilishadi. Adebayor «Arsenal»da tom ma’noda o‘zini topa oladi. U deyarli har ikki o‘yinning birida gol urib, jamaoning asoisy hujumchisiga aylandi. Uning sermahsulligi tez orada «shaharliklar» tomonidan qiziqishga va uni harid qilinishiga olib keladi. Qahramonimiz ham katta pulni ko‘tara olmaydi. U «Siti» tarkibida o‘ynab yurgan paytlari bir vaqtning o‘zida 25 ta mashina sig‘adigan shaxsiy garaj egasi edi. Keyinchalik pul bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganida Adebayor o‘sha paytlar haqida afsus chekib yodga oladi. Qiyinchilikda katta bo‘lgan Adebayor ko‘zni qamashtiradigan hayot tarzini ko‘tara olmaydi. Uning o‘yinlarida keskin pasayish qayd etiladi. Oqibatda birin-ketin jamoalarni almashtirib-almashtirib, oxir-oqibatda butsalarni mixga ilishga to‘g‘ri keladi. Hozirda u foto modellik bilan shug‘ullanmoqda. Uning keyingi ishlarida omad tilab qolamiz.

Maqolamiz so‘ngida mashhur rus yozuvchisining so‘zlarini keltirib o‘tamiz: «Ko‘pincha qiyinchilikda katta bo‘lgan va yoshlikda istagan narsasiga erisha olmagan bolalar ulg‘aygach, o‘sha hislarni unutish uchun ham kibrlanib ketishadi»...

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: m.stadion.uz
Kiritildi: 12:09, 12.12.2018.
O'qildi: 10659 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик