Kirish Ro'yxatdan o'tish

Qashqadaryoda «Mahalla va nuroniylar haftaligi» sport musobaqalariga boy bo‘lmoqda

Qashqadaryoda «Mahalla va nuroniylar haftaligi» sport musobaqalariga boy bo‘lmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 10-15 dekabr kunlari respublikamizning barcha tuman va shaharlarida “Mahalla va nuroniylar haftaligi” o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Haftalik doirasida futbol, basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, yengil atletika kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, “Otam, onam va men – sportchi oila” va milliy kurash sport turi bo‘yicha an’anaviy sport o‘yinlari tashkil etilmoqda. Nuroniylar uchun esa davolash gimnastikasi, sportcha yurish, yoga bo‘yicha mashg‘ulotlar va badminton, shaxmat, shashka, stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilmoqda.

Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga qaratilgan sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Xususan 11 dekabr kuni Nishon tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida yoshlari ishtirokida voleybol, Kasbi tumanida nuroniylar o‘rtasida shaxmat, Chiroqchi tumanidagi yoshlar o‘rtasida futbol bo‘yicha, Yakkabog‘ tumanida esa o‘quvchilar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

12 dekabr kuni ham tuman va shaharlarda musobaqalar davom ettirilib, mahallalar o‘rtasida Shahrisabzda shaxmat, Dehqonobodda stol tennisi bo‘yicha musobaqalar, Chiroqchi va Muborak tumanlarida esa yoshlar o‘rtasida voleybol bahslari o‘tkazildi.

Haftalik doirasida o‘tkazilayotgan musobaqalarda faol ishtirok etayotganlar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanmoqda.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 10:48, 13.12.2018.
O'qildi: 1587 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.