Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Olimpiya o‘yinlari uchun rejalar muhokama qilinmoqda

Olimpiya o‘yinlari uchun rejalar muhokama qilinmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo‘mitasi mamlakatimizdagi sport federasiyalari va assosiasiyalari bilan birga 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun rejalarni muhokama qilmoqda.

Bunday yig‘ilishlarning navbatdagisi bugun, 13 dekabr kuni tashkil etildi. Unda O‘zbekiston karate (WKF) Milliy federasiyasining Yaponiyada o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari uchun ishlab chiqqan rejasi tanishtirildi.

Yig‘ilish davomida terma jamoamiz bosh murabbiyi O‘ktam Bekpo‘latov yangi mavsum uchun rejalar, sportchilarimizning nazariy imkoniyatlari, Olimpiya o‘yinlari uchun o‘tkaziladigan reyting musobaqalari va boshqa masalalar yuzasidan ma’lumot berdi.

Shuningdek, sportchilarimizning jismoniy holatiga alohida e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi. Ortda qolgan musobaqalar tahlil qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarida karate ilk bora musobaqa dasturidan o‘rin oladi. Kunchiqar yurt mezbonlik qiladigan Olimpiadada kumite bo‘yicha 6 ta vazn toifasida (3 ta erkaklar, 3 ta ayollar) medallar uchun kurash kechadi. Shuningdek, yana ikkita medal kata yo‘nalishi uchun ajratiladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:20, 14.12.2018.
O'qildi: 1517 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.