Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/12 00:45 Lechche 1-0 Piza
13/12 01:00 Real Sosyedad 1-2 Jirona
13/12 18:00 Atletiko 2-1 Valensiya
13/12 19:00 Torino 1-0 Cremonese
13/12 20:00 Chelsi 2-0 Everton
13/12 20:00 Liverpul 2-0 Brayton
13/12 20:15 Malyorka 3-1 Elche
13/12 22:00 Parma 0-1 Lasio
13/12 22:30 Byornli 2-3 Fulhem
13/12 22:30 Barselona 2-0 Osasuna
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan - Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya - Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina - Verona
14/12 19:00 Udineze - Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend - Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem - Aston Villa
14/12 20:15 Selta - Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford - Lids
14/12 22:00 Jenoa - Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya - Yuventus
15/12 01:00 Alaves - Real Madrid

Tennisga oshufta qalb yoki futbol yulduzlari va tennis…

Tennisga oshufta qalb yoki futbol yulduzlari va tennis…

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

 Chunonchi, Angliya poytaxtida ATP - jahonning eng kuchli tennischilari turnirining yakuniy bosqichi tashkillashtirildi. Reglamentga muvofiq, reytingi yuqori 8 nafar raketka ustasi 2ta guruhga bo‘linib, yarim final yo‘llanmalari uchun kortga tushdi. Futbol uchun tanish format. Asosiysi, tennis superturniri ko‘plab yulduzlar, xususan, mashhur futbolchilarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Jumladan,  London kortlari tribunalarida Krishtianu Ronaldu, Toni Kroos, Villian va Asmir Begovich kabi bugungi kun o‘yinchilari ko‘rinish berishdi.

Tushunarliki, tennis muxlislari ham avvalo, «Yuventus»ning portugaliyalik hujumchisiga e’tibor qaratishdi. Gap shundaki, terma jamoa yig‘inlarida vaqtincha qatnashmayotgan Krish bir necha kunlik ta’til yuzaga kelganidan foydalanib, oilasi bilan shunchaki, sayohatga chiqqandi. Xullas, u London bo‘ylab sayri davomida qallig‘i Jorjina Rodriges va o‘g‘li kichik Krishtianu bilan birga Novak Jokovich hamda ulkan Jon Izner o‘rtasidagi o‘yinni bevosita tomosha qildi. Eslatib o‘tamiz, mazkur qarama-qarshilikda serb tennischisi amerikalik raqibini ikki set yakuniga ko‘ra, mag‘lubiyatga uchratdi va g‘alabasidan g‘ururlanib, Ronaldu haqida ham gapirdi.

«Tan olishim kerak, Krishtianuning tribunada o‘tirgani bizning sport uchun katta sharaf hisoblanadi. Afsuski, u bilan ko‘rishib, gaplashishga imkon bo‘lgani yo‘q. Ronalduning qalban tennisga oshufta ekanligini juda yaxshi bilaman. Deylik, Madridda o‘ynaganida, «Masters» tasnifidagi turnirlarga tez-tez tashrif buyurardi: Rafa, Rojer yoki mening o‘yinimga. Umid qilamanki, bugungi bahs unga yoqdi! Darvoqe, libosim «Yuventus»ning rasmiy rangida edi va bu ham futbol yulduzini befarq qoldirmagan bo‘lsa kerak», — deya rasman bayonot berdi Jokovich. Oldinroq ham yozilganidek, Ronaldu tomosha mobaynida qallig‘i va o‘g‘li tomon uchgan tennis koptogini bir necha marta ilib olishga urinib, telereportyorlarni behad quvontirdi. Har holda, birinchi raqamli futbolchining bu kabi xatti-harakatlari translyasiya uchun ayni muddao. To‘g‘ri, Krish ba’zan «darvozabonlik roli»ni maromiga yetkazolmadi. Biroq uni ayblash o‘rinsiz. Axir Ronaldu to‘pni qo‘llari emas, oyoqlari va boshi bilan o‘ynatishga usta, qolaversa, futbol va tennisning asosiy quroli o‘lcham bo‘yicha bir-biridan keskin farqlanadi.

Yulduz futbolchilar orasidagi tennis shinavandalaridan yana biri - bu Ronalduning sobiq klubdoshi Toni Kroos. U Londonda qatorasiga 3 kun davomida turnir o‘yinlaridan bahra oldi. Germaniyalik yarim himoyachi xususan, Rojer Federer va Dominik Tim o‘rtasidagi o‘yinni katta zavq bilan tomosha qildi. Darvoqe, jahonning 8-raqamli raketka ustasi bo‘lib turgan Timni ashaddiy futbol muxlislari toifasiga kiritish mumkin. Aniqroq aytsak, avs-triyalik tennischi «Chelsi»ga o‘zgacha muhabbat bilan qaraydi.

Shunday ekan, yakuniy turnir uchun aynan London shahri tanlangani - Domiga omad kulib boqqanidan dalolat edi. Har holda, o‘yinlardan birida Timga hozirgi «Chelsi»ning yetakchi futbolchilari qatoriga qo‘shilgan braziliyalik Villian bevosita tribunada muxlislik qildi. Keyinchalik sportchilar o‘zaro chaqchaqlashishdi, shuningdek, tennisbolda o‘zaro bahslashishdi. Tennis to‘pi vositasida.

Aytish joiz, Tim bunda Villiandan ortda qolgani yo‘q. Ehtimol, to‘pning kichikligi unga qo‘l kelgandir. To‘g‘ri, tennischi yakunda kamtarona fikr bildirdi: «Mendan futbolchi chiqmasligi aniq. Bu borada juda-juda noshudman...». Villian o‘z navbatida, Dominikka tezroq jahonning eng kuchli 3 nafar tennischisi qatoriga qo‘shilishini tiladi. Ajoyib munosabat.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 00:48, 15.12.2018.
O'qildi: 2510 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.