Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi boshlandi

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 19 dekabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida kurash bo‘yicha jamoalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi start oldi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport majmuasida o‘tayotgan bellashuvlar erkaklar o‘rtasida 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg.gacha hamda undan yuqori, ayollar o‘rtasida esa 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87 kg.gacha va undan yuqori bo‘lgan vazn toifalarida tashkil etilmoqda.

Erkaklar bahslarida 2000 yilda tug‘ilgan va undan katta yoshdagi polvonlar, ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa 2001 yil va undan oldin tavallud topgan sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bormoqdalar.

Musobaqa Nizomiga ko‘ra har bir jamoa tarkibidan ko‘pi bilan 14 nafar erkak va 16 nafar ayol sportchi o‘rin olishi va bellashuvlarda ishtirok etishi mumkin.

Bahslar ertaga nihoyasiga yetadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:47, 19.12.2018.
O'qildi: 2890 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.