Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

«Manchester Yunayted»ni boshqarishi mumkin bo‘lgan 4 murabbiy

«Manchester Yunayted»ni boshqarishi mumkin bo‘lgan 4 murabbiy

Baho:
+ | -

«Qizil iblislar»ni «benazir» tark etgach, vaqtinchalik Maykl Kerrik postni egalladi. Lekin katta ehtimol bilan mavsum tugagach, yangi bosh murabbiy tayinlanadi. Sababi o‘zi shundoq ham tushib ketayotgan imidjni bu yanayam tushirib yuborsa, ajab emas. Shu sababdan, keling, «Yunayted» uchun eng maqbul va haqiqatga yaqin variantlarni ko‘rib chiqamiz.

Ole-Gunnar Sulsher

«Yunayted» tarbiyalanuvchisi va «sehrli tayoqcha»si yana yordamga kelishga shay. Sayyoramizda «qizil iblislar»ni boshqarishni xohlamagan murabbiy bo‘lmasa kerak. Bu jamoaning o‘ziga tortib turadigan nimasidir bordek, go‘yo. Ole-Gunnarga to‘xtalsak. Murabbiy yosh, hujumkorlikni yoqtiradigan futbol taklif qilishi aniq. U Fergi bobo qo‘l ostida futbolning sir-asrorlarini yaxshi o‘rgangan. Bularni esa amalda qo‘llasa bormi?! Norvegiyalik mutaxassisda kichik bo‘lsa ham imkon bor.

Loran Blan

Mana bu qiziq variant to‘g‘rimi? Blanni ko‘pchilik «PSJ»dagi davrlarni yaxshi eslasa kerak. Aslida, uni «Bordo» jamosidagi ishlari murabbiy sifatida mashhur qilgan. Blanga ham «Old Trafford» begona emas. U amerikalik klub egalarining short-listida turgan 3 nafar murabbiylardan biri. Agar Blan keladigan bo‘lsa, «Manchester Yunayted» barqaror o‘yin ko‘rsatishi kutiladi. Chunki Loran Blan tartib va intizomni qattiq talab qiladigan murabbiylar sirasiga kiradi.

Zayniddin Zidan

Yevrokuboklarni sog‘ingan «qizillar»ning muxlislari uning kelishini xohlashmoqda. Albatta-da! Naqd 3 marotaba ketma-ket kubokni yutgan murabbiyni kim ham jamoasida ko‘rishni istamaydi deysiz? Zizu haqiqiy hujumkor futbol tarafdori. Uning qo‘lostida «Real» Yevropani to‘la zabt etgan edi. U agar «Manchester Yunayted» postiga kelsa, APL shiddati yanada osharmidi. Axir APLdagi yulduzlar soni yana bittaga ko‘payardida.

Maurisio Pochettino

«Shporlar» uni qo‘yib yuborishni xayollariga ham keltirmayapti. Albatta, axir birorta katta transferlarsiz ham jamoa statusini yuqori tempda ushlab turgan murabbiyni kim ham qo‘yib yuborardi. «Manchester Yunayted»ning amerakalik xo‘jayinlari esa u uchun hatto 34 million yevro kompensasiya pulini to‘lashga ham tayyor turishibdi. Pochettinoda Mourga o‘xshab transferlar uchun 400 million pul bo‘lgandami?! Aniq aytish mushkulku, lekin Pochettino zamonaviy futbolni targ‘ib qiladigan murabbiy, uning o‘yini Mourning «Manchester»inikidan qiziqroq va tomoshaboproq ko‘rinmoqda. Tan olish kerak, «Benazir»ninig ketishiga ham noto‘g‘ri amalga oshirilgan transferlar asosiy omil vazifasini o‘tab berdi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:57, 19.12.2018.
O'qildi: 15735 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.