“Atletiko” himoyachisi Lyuka Ernandes jamoasini almashtirishga juda ham yaqin turibdi.
Marca nashrining xabar qilishicha, fransiyalik futbolchi qishki transferlar mavsumida “Bavariya”ga o‘tadi.
Myunxenliklar Ernandesning “Atletiko” bilan imzolagan shartnomasida yozilgan tovon puli: 80 mln yevroni to‘lashga rozi bo‘lgan. 22 yoshli himoyachi “Bavariya” bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.