Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro

«Real» «Leypsig» vingeri uchun rekord darajadagi summa to‘laydi

«Real» «Leypsig» vingeri uchun rekord darajadagi summa to‘laydi

Baho:
+ | -

«Real» va «RB Leypsig» Yan Diomandening shov-shuvli transferini yakunlashning oxirgi bosqichida turibdi. Bu haqda Sky Germany jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi.

Kot-d'Ivuarlik iqtidorli vinger uchun umumiy moliyaviy paket hayratlanarli darajada: bonuslarni hisobga olganda, bitim qiymati 130 milliondan 140 million yevrogacha baholanmoqda.

Hozirda Madrid va Bundesliga klubi kelishuvning oxirgi tuzilmasi va to‘lov shartlarini hal qilishmoqda. Klublar to‘liq kelishuvga yaqinlashayotgan bo‘lsa-da, Diomandega tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yakuniy «yashil chiroq» hali berilgani yo‘q.

«Qaymoqranglilar» bosh murabbiy Joze Mourinyo 19 yoshli futbolchini iloji boricha tezroq mashg‘ulot yig‘iniga qo‘shishni xohlamoqda.

Kiritildi: 15:49, 05.08.2026.
O'qildi: 1636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик