Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Rabyo masalasida «Barselona» aybdormi?

Rabyo masalasida «Barselona» aybdormi?

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» sport direktori Antero Enrike yarim himoyachi Adriyen Rabyoning onasi Veronik Rabyoning so‘zlariga izoh berib o‘tdi. Futbolchining onasi yozda "Barselona" Adriyenning transferi borasida taklif yuborgani, ammo parijliklar uni sotmagani haqida aytib o‘tgandi.

«Veronik Rabyo fikrlari meni hayron qoldirdi. Uning aytishicha, biz yozda Adriyennning transferi borasida "Barselona"dan taklif olganmiz. Ha, bu haqiqat. Ammo taklif avgust oyining so‘nggi kunida — transfer oynasi yopilishiga 20 soat qolganida kelib tushdi. Bu shundan dalolat beradiki, "Barsa" avval futbolchining o‘zi bilan kelishib olib, shundan so‘ng bizga murojaat qilgan.

Bitta narsani tushunish lozim, «Barselona»ning taklifi kulgili edi. Bu taklif bizga nisbatan hurmatsizlik edi va u bizni qiziqtirmadi. Rabyo kabi futbolchilarning transferi bir kunda hal bo‘ladigan ish emas. Nazarimda, «Barselona» avvalroq futbolchi bilan kelishuvga erishib bo‘lgan.

Tushuning, biz Rabyo bilan shartnomani uzaytirish borasida prinsipial kelishuvga erishgandik. Ammo keyinchalik futbolchi hech qanday sabablarsiz muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi. Ishonchim komil, Adriyen boshqa jamoa bilan kelishib qo‘ygani uchun shunday yo‘l tutdi.

«Barselona»ning harakatlaridan hayron bo‘ldimmi? Klublar qoidalarga amal qilishmasa, bu holat hamisha shokka tushiradi.

Rabyo qishdayoq «PSJ»ni tark etishi mumkinmi? Adriyen menga shuni aytdiki, u klubda qolishni istamaydi», — dedi Enrike.

Avvalroq OAVda Rabyo yanvar oyida «Barselona» bilan shartnoma imzolab, yozda erkin agent sifatida "ko‘k-anorranglilar" safiga o‘tishi haqida xabar tarqalgandi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:21, 20.12.2018.
O'qildi: 5975 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик