Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Roman Pavlyuchenko: «Sovrin Modrichga tegishini taxmin qilmagandim»

Roman Pavlyuchenko: «Sovrin Modrichga tegishini taxmin qilmagandim»

Baho:
+ | -

France Football Luka Modrichni 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etgach, rossiyalik kasbdoshlarimiz «Oltin to‘p»ning so‘nggi sohibi bilan 2008-2012 yillarda «Tottenxem» sharafini himoya qilgan Roman Pavlyuchenkodan intervyu olishdi.

«LUKA UCHUN «TOTTENXEM» ORALIQ BEKAT EDI»

- Parijda o‘tkazilgan taqdirlash marosimini televizor orqali tomosha qilgan bo‘lsangiz kerak. Nufuzli nashrning tanlovi sizni lol qoldirdimi?

- Menimcha, bu yil Modrichga ataldi. Shu bois, FIFA va France Football qarorlariga qo‘shilaman. Ha, JCHda Fransiya zafar quchdi. Ammo xorvatlar uchun kumushning nufuzi oltindan kam emas. «Real»ning YECHLdagi g‘alabasini inobatga olsak, Lukaning tengi yo‘q. So‘nggi yillarda u nufuzli sovrin uchun astoydil ter to‘kdi va haqli ravishda taqdirlandi. Bundan juda xursandman.

- Modrich «Tottenxem»da to‘p surgan paytlarda unda «Oltin to‘p» sohibining alomatlari bormidi?

- U paytda Ronaldu va Messilar davri boshlangandi. Tabiiyki, 8 yildan keyin Luka shunday hurmatga sazovor bo‘lishini xayolimga keltirmaganman. Lekin o‘sha yillardayoq «Tottenxem» Luka uchun oraliq bekat ekaniga amin bo‘lgandim. Buni Modrichning o‘zi ham yashirgan emas. Superklubga o‘tish istagi yaqqol sezilib turardi. Uning «Barselona» yoki «Real» safiga qo‘shilishini taxmin qilgandim. Bu ro‘yobga chiqdi.

- O‘yin borasida Modrichning «Tottenxem»dagi va hozirgi harakatlarida farq bormi?

- Hozir Lukaning tajribasi sezilarli darajada oshdi. Oxirgi 5 yilda 4ta YECHL kubogini qo‘lga kiritish - hazilakam ish emas! O‘sha zafarli mavsumlarning barchasida u doimo yetakchilar safida bo‘ldi. To‘g‘ri, Ronaldu ham jamoada edi. Biroq Luka o‘z o‘rni va nufuziga ega yulduzlar safida yurdi. «Tottenxem»da-ku barcha hujumlar aynan u orqali amalga oshirilgan. Modrichsiz o‘tgan o‘yinlarda doimo muammolarga duch kelardik. Bu holat Rossiya mundialida ham bo‘y ko‘rsatdi. Agar Modrich bo‘lmaganida, Xorvatiya finalga chiqa olmasdi.

«HAYOTDA SUVDEK SOKIN, MAYSADEK MULOYIM»

- Yozda u bilan uchrashishning iloji bo‘ldimi?

- Shunday bo‘lishini juda istagandim. Ammo taqdir taqozosiga ko‘ra, Xorvatiyaning birorta o‘yiniga borishning iloji bo‘lmadi. Barcha bellashuvlarni, bizga qarshi chorak final uchrashuvini ham televizor orqali tomosha qildim.

- Modrich Messi-Ronaldu davriga nuqta qo‘ydi. Endi har yili 2000  yillardagi kabi «Oltin to‘p»ning yangi sohiblariga guvoh bo‘lamizmi?

- Men Leo va Krishtini ro‘yxatdan chiqarishga oshiqmagan bo‘lardim. Yangi yilda YECHL kubogi «Barselona» yoki «Yuventus»ga nasib etsa, sovrin ularning biriga tegishi mumkin. Bu futbolchilar hamon yorqin o‘yin ko‘rsatishmoqda. To‘g‘ri, hamma narsa o‘tkinchi - bir yulduz o‘rnini boshqasi egallashi aniq. Balki Kilian Mbappe katta sahnaga chiqar? Modrich ham ayni navqiron davrida.

- Luka - maydondagi yetakchi. «Tottenxem» kiyinish xonasida ham shunday maqomda edimi?

- Yo‘q. Kundalik hayotda Luka suvdek sokin, maysadek muloyim yigit. Mashg‘ulotlarda ham kimgadir baqirgani, aql o‘rgatgani yoki tortishganini ko‘rgan emasman.

- Ingliz tilida yaxshi so‘zlasha oladimi?

- Deyarli mukammal darajada. Parijdagi marosimda o‘zingiz ham bunga guvoh bo‘lgandirsiz?

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 01:43, 21.12.2018.
O'qildi: 3532 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.